https://oz.sputniknews.uz/20220825/kaliningradda-harbiy-obektlarni-portlatmoqchi-bolgan-azovning-tarafdori-qolga-olindi-27468093.html
Kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "Azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
Kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "Azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "Azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
2022-08-25T16:57+0500
2022-08-25T16:57+0500
2022-08-25T17:03+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
fxx
"azov"
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27460905_0:5:1920:1085_1920x0_80_0_0_a01bd1830c7c3466731e5147d6f8f4ce.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Kaliningradda Boltiq floti obyektlari va aeroportda terakt uyushtirishni rejalashtirgan "Azov"* tarafdori qo‘lga olindi, deb xabar berdi FXX matbuot xizmati.Boshqarma ma’lumotlariga kshra, bu 1967-yilda tug‘ilgan Kaliningradda istiqomat qiluvchi Rossiya fuqarosi.Uning yashirin joyidan sig‘imi taxminan 5 kilogramm trotil bo‘lgan qo‘lbola bomba, “Azov”*ning faol a’zolari bilan yozishmalar, targ‘ibot adabiyotlari va taqiqlangan tashkilotning ramzlari topilgan.Qo‘lga olingan shaxs aybiga iqror bo‘ldi. Maxsus xizmat tomonidan e’lon qilingan videoda u “Pravda Gerashchenko” Telegram-kanalidagi botga yozganidan keyin Azov* polki vakillari u bilan bog‘langanini aytadi."Ular komponentlarni sotib olish kerakligini aytishdi, men ularni Zelenograd viloyatidagi Pereslavskoe qishlog‘ida joylashgan obyektni portlatish uchun qo‘lbola portlovchi qurilma yasash uchun sotib oldim, bu Boltiq floti obyekti", - dedi u.Unga nisbatan “Terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish” va “Noqonuniy qurol ishlab chiqarish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27460905_234:0:1687:1090_1920x0_80_0_0_191d9c797716c123d7765ddb5f0b5496.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
Kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "Azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi
16:57 25.08.2022 (yangilandi: 17:03 25.08.2022) FXX Kaliningrad viloyatida Azov* tarafdori tomonidan rejalangan teraktning oldini oldi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Kaliningradda Boltiq floti obyektlari va aeroportda terakt uyushtirishni rejalashtirgan "Azov"* tarafdori qo‘lga olindi, deb xabar berdi FXX matbuot xizmati.
Boshqarma ma’lumotlariga kshra, bu 1967-yilda tug‘ilgan Kaliningradda istiqomat qiluvchi Rossiya fuqarosi.
“Kaliningrad shahrida Rossiya harbiy-dengiz flotining Boltiq floti obyektlari, Xrabrovo aeroporti va harbiy xizmatchilarga qarshi qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlari sodir etish niyatida bo‘lgan “Azov”* tashkilotining <…> tarafdori aniqlandi va qo‘lga olindi. ”, deyilgan axborotda.
Uning yashirin joyidan sig‘imi taxminan 5 kilogramm trotil bo‘lgan qo‘lbola bomba, “Azov”*ning faol a’zolari bilan yozishmalar, targ‘ibot adabiyotlari va taqiqlangan tashkilotning ramzlari topilgan.
Qo‘lga olingan shaxs aybiga iqror bo‘ldi. Maxsus xizmat tomonidan e’lon qilingan videoda u “Pravda Gerashchenko” Telegram-kanalidagi botga yozganidan keyin Azov* polki vakillari u bilan bog‘langanini aytadi.
"Ular komponentlarni sotib olish kerakligini aytishdi, men ularni Zelenograd viloyatidagi Pereslavskoe qishlog‘ida joylashgan obyektni portlatish uchun qo‘lbola portlovchi qurilma yasash uchun sotib oldim, bu Boltiq floti obyekti", - dedi u.
Unga nisbatan “Terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish” va “Noqonuniy qurol ishlab chiqarish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot