Farg‘ona va Tolyatti savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi

© Press-slujba pravitelstva Samarskoy oblastiSamara
Samara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi va Tolyatti maxsus iqtisodiy zonasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati va Tolyatti shahri savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha ayni kunlarda Farg‘ona viloyati hokimligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida mamlakatdagi eng yirik texnoparklardan biri innovatsion rivojlanish va klaster tashabbuslari markazi “Jigulovskaya Dolina” faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, texnoparkning boshqaruv kompaniyasi direktori o‘rinbosari Andrey Belyayev, Tolyatti shaharidagi ishbilarmonlar va migratsiya sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda shaharning investitsion salohiyati, IT yo‘nalishi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Bu borada Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi va Tolyatti maxsus iqtisodiy zonasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Qolaversa, migratsiya sohasida bir qator korxonalar bilan kelishuvga erishildi.
Delegatsiya a’zolari shuningdek, Samara viloyatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari va turli oliy o‘quv yurtalarida taxsil olayotgan talabalar bilan uchrashishdi.
Yangiliklar lentasi
0