ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

"ArMI—2022": O‘zbekiston “Tank biatloni” finaliga chiqdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishForum "Armiya-2022". Tankoviy biatlon
Forum Armiya-2022. Tankoviy biatlon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya, Belarus, Xitoy va O‘zbekiston yarim final natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatib 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final musobaqalariga yo‘l oldi.
TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston tankchilar jamoasi tank biatloni finaliga chiqdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Moskva viloyatining "Alabino" poligonida “Tank biatloni” musobaqasining yarim final bahsi bellashuvlari yakuniga yetdi. Uning natijasiga ko‘ra 4 jamoa finalga chiqdi.
24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan birinchi guruh bellashuvlarida Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston jamoalari ishtirok etib quyidagi natijalarni qayd etishgan edi.
1.
Rossiya – 1 soat 29 daqiqayu 59 soniya;
2.
Belarus – 1 soat 39 daqiqayu 29 soniyada;
3.
O‘zbekiston – 1 soat 53 daqiqayu 39 soniya;
4.
Mo‘g‘uliston – 2 soat 4 daqiqayu 39 soniya.
25 avgust kuni yarim finalning ikkinchi guruh bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy, Ozorbayjon, Vetnam va Qozog‘iston vakillari o‘zaro bellashdi. Natijalar esa quyidagicha:
1.
Xitoy – 1 soat 51 daqiqayu 57 soniya;
2.
Ozorbayjon – 1 soat 57 daqiqayu 39 soniyada;
3.
Vetnam – 2 soat 10 daqiqayu 1 soniya;
4.
Qozog‘iston – 1 soat 54 daqiqayu 53 soniya.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, yarim finalda har ikkala guruh ichidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta ishtirokchi jamoa finalga yo‘l oladi. Bugun o‘sha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bular: Rossiya, Belarus, Xitoy va O‘zbekiston.
Final bahsi 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ArMI xalqaro harbiy o‘yinlarining “Tank biatloni” musobaqasida O‘zbekiston 2019-yildan boshlab ishtirok etmoqda. Aytish joizki O‘zbekistnolik tankchilar dastlabki chiqishidanoq, ikkinchi divizionda (boshlovchi jamoalar) g‘alaba qozonishgan edi. Bu yilgi musobaqalarda esa O‘zbekiston jamoasi munosib ishtirok etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0