Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh "Azov"* jinoyatlari oshkor bo‘lishidan qo‘rqadi - Rossiya elchixonasi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSdacha v plen posledney gruppi ukrainskix boyevikov s "Azovstali"
Sdacha v plen posledney gruppi ukrainskix boyevikov s Azovstali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar "Azov" harakati haqidagi faktlar oshkor etilishidan qo‘rqadi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. AQSh ukrainalik millatchi polki "Azov"* ustidan sud boshlanishiga qarshilik qilishining sababi - Vashington Azov*ning g‘ayriinsoniy jinoyatlari haqidagi faktlar butun dunyoga fosh bo‘lshidan qo‘rqadi. Bu haqida Rossiyaning AQShdagi elchixonasi ma’lum qilmoqda.
DXR rahbari Denis Pushilin avvalroq ular respublikadagi harbiy jinoyatchilar uchun xalqaro tribunalni kechiktirish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Uning qayd etishicha, DXR Tashqi ishlar vazirligi tribunalda ishtirok etish uchun xalqaro hamjamiyat vakillarini jalb etish ustida ishlamoqda.
"Biz Ukraina harbiy jinoyatchilari ustidan tribunal o‘tkazish bilan bog‘liq yana bir asossiz ayblovlarga e’tibor qaratdik. Bo‘lajak sud harbiy jinoyatchilarga nisbatan adolat o‘rnatish uchun mo‘ljallangan, ular orasida Azov* polkining natsistlari ham bor. Vashington ushbu terrorchilik tashkiloti a’zolarining g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari to‘g‘risida guvohlik beruvchi faktlarni oshkora e’lon qilishdan qo‘rqishi aniq”, - deya ta’kidladi diplomatik missiya.
Shuningdek, diplomatlar Mariupol tribunali “Kiyev rejimining asl mohiyatini yoritib bera olishiga” ishonch bildirishgan.
Bundan tashqari, elchixona Rossiya va DXR Ukraina qo‘shinlari asirlarini saqlashda Jeneva konvensiyasi talablariga to‘liq rioya qilinayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0