Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi gigiyenik talablar o‘rnatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnik tatarskoy natsionalnoy kuxni v Tashkente
Prazdnik tatarskoy natsionalnoy kuxni v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Suv ta’minoti bo‘lmaganda korxona faoliyatini to‘xtatish, ovqat tayyorlashda ko‘mir va o‘tindan foydalanishni taqiqlash bekor qilindi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya-gigiyena talablari o‘rnatilmoqda. Bu Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari”da belgilangan va u Adliya vazirligi tomonidan hisobga olingan.
Ushbu yangi talablar bilan tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar (suv ta’minoti bo‘lmaganda korxona faoliyatini to‘xtatishi, ovqat tayyorlashda ko‘mir va o‘tindan foydalanishni taqiqlash) bekor qilindi.
Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:
· umumiy ovqatlanish korxonalarida ichimlik suvi bilan ta’minlash markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimiga ulanish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
· markazlashtirilgan suv ta’minoti bo‘lmaganda, ichki suv ta’minoti artezian qudug‘idan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalanish;
· chiqindi maydonchasini belgilangan masofada joylashtirish imkoni bo‘lmaganda, chiqindilar korxonalarning sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni bo‘lgan alohida xonasida saqlanishiga yo‘l qo‘yilishi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi:
· texnologik jarayon talablariga rioya qilishni ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda mahsulot tayyorlash;
· yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsiz yoki sifati bo‘yicha shubhali, buzilish belgilari bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish;
· germetik idishlarda sabzavotli, go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli konservalar tayyorlash;
· quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash va quritilgan qo‘ziqorinlar tayyorlash.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi xodimlar tomonidan ish boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi shart:
· zargarlik buyumlari, soatlar yechilishi;
· sochlar ro‘mol yoki qalpoq ostiga yig‘ilishi;
· toza sanitariya kiyimlari kiyilishi;
· qo‘llar iliq suvda sovun bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi, tirnoqlar olingan va lak surilmagan bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0