Ukraina de-fakto suverenitetga ega emas – rossiyalik senator

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishFlagi SShA i Ukraini
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina amalda to‘liq qaram va suverenitetga ega emas, deydi Sevastopol qonun chiqaruvchi organi senatori.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. 24 avgustda Mustaqillik kunini nishonlayotgan Ukraina amalda to‘liq qaram va suverenitetga ega emas, deydi Sevastopol qonun chiqaruvchi organi senatori Yekaterina Altabayeva RIA Novosti agentligiga.
“Haqiqatda mustaqillik yo‘q. Faqat qaramlik emas, bu mustamlakachi davlatdan, sun’iy yo‘ldoshdan ham battar. Bu suverenitetning to‘liq yo‘qligi”, deydi Altabayeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va uning atrofidagilar Qrim hamda Rossiyaga qarshi harbiy hujumlar to‘g‘risida faqat AQSh roziligi bilan qaror qabul qilishlari mumkin.
Ukraina 24-avgustda Mustaqillik kunini nishonlaydi. 1991-yilning shu kuni Ukraina SSR Oliy Kengashi respublika mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi aktni qabul qilgan.
Yangiliklar lentasi
0