https://oz.sputniknews.uz/20220824/shht-bolinmas-xavfsizlik-tizimini-shakllantirmoqda--mirziyoev--27420102.html
ShHT bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda – Mirziyoyev
ShHT bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti dunyodagi murakkab vaziyat sharoitida ShHT mudofaa idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi. 24.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-24T12:13+0500
2022-08-24T12:13+0500
2022-09-13T11:00+0500
shavkat mirziyoyev
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22854144_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6c1913b738a1b7ca404c906177e82412.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi. Davlat rahbari murojaatnomasini prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov o‘qib eshittirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirlari uchrashuvi formati talab darajasida ekanligini isbotlagan. U ShHT makoni va chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida sheriklik aloqalarini mustahkamlash va qo‘shma qarorlar qabul qilishning samarali platformasiga aylandi.Dunyodagi murakkab vaziyat sharoitida ShHT mudofaa idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ortib bormoqda.Mirziyoyev Afg‘onistondagi murakkab vaziyatga ham to‘xtalib, ShHT makonidagi asosiy tahdidlardan biri terrorizm va ekstremizm ekanini urg‘uladi.“ShHT chegaralari perimetri bo‘ylab vaziyatni yanada samarali monitoring qilish uchun mudofaa vazirliklarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarur”, - deb hisoblaydi davlat rahbari.O‘zbekiston yetakchisi ShHT davlatlarida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini takomillashtirish va qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan.“Harbiy ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash ham birdek muhim”, - deya xulosa qilgan Mirziyoyev.Toshkent shahrida ShTH a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22854144_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d4d74ecd4277734498ce8b6ef42d6663.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
shavkat mirziyoyev, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
ShHT bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda – Mirziyoyev
12:13 24.08.2022 (yangilandi: 11:00 13.09.2022) O‘zbekiston prezidenti dunyodagi murakkab vaziyat sharoitida ShHT mudofaa idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi. Davlat rahbari murojaatnomasini prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov o‘qib eshittirdi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirlari uchrashuvi formati talab darajasida ekanligini isbotlagan. U ShHT makoni va chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida sheriklik aloqalarini mustahkamlash va qo‘shma qarorlar qabul qilishning samarali platformasiga aylandi.
“Bu, ayniqsa, dunyodagi hozirgi oddiy bo‘lmagan vaziyatni hisobga olgan holda dolzarb. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka an’anaviy tahdidlar kuchaymoqda, zidditning yangi o‘choqlari shakllanmoqda va voqealarning keyingi rivojlanishini bashorat qilish tobora qiyinlashmoqda”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Dunyodagi murakkab vaziyat sharoitida ShHT mudofaa idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ortib bormoqda.
Mirziyoyev Afg‘onistondagi murakkab vaziyatga ham to‘xtalib, ShHT makonidagi asosiy tahdidlardan biri terrorizm va ekstremizm ekanini urg‘uladi.
“ShHT chegaralari perimetri bo‘ylab vaziyatni yanada samarali monitoring qilish uchun mudofaa vazirliklarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarur”, - deb hisoblaydi davlat rahbari.
O‘zbekiston yetakchisi ShHT davlatlarida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini takomillashtirish va qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan.
“Harbiy ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash ham birdek muhim”, - deya xulosa qilgan Mirziyoyev.
Toshkent shahrida ShTH a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.