Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSamarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi
Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Imom Buxoriy hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatiladi
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish chog‘ida shunday taklifni bildirdi.
Qayd etilishicha, Imom Buxoriy ziyoratgohida maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSamarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi
Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi

"Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtayi nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur", - deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘z so‘zida Madina shahrida payg‘ambar Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyiga tashrifi haqida aytib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSamarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi
Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Samarqandda Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etiladi

“Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatiladi. Bular yoshlar, chet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimizga yana bir ma’naviy xazina bo‘ladi”, - dedi prezident.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasiga borib, Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.
Yangiliklar lentasi
0