https://oz.sputniknews.uz/20220824/putin-va-pashinyan-togli-qorabog-atrofidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-27434569.html
Putin va Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi
Putin va Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. 24.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-24T17:59+0500
2022-08-24T17:59+0500
2022-08-24T17:59+0500
dunyoda
vladimir putin
nikol pashinyan
tog‘li qorabog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520616_0:153:3101:1897_1920x0_80_0_0_8cbb840731c4f58e5b499e74ba3c2a06.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi, mintaqada barqarorlikni ta’minlashda Rossiya tinchlikparvar kuchlarining rolini qayd etishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.Qayd etilishicha, bundan tashqari, Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.2020 yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan, biroq 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga hamda asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
tog‘li qorabog‘
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520616_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_b1310dd8babd5d0db309a2fea4a7086f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vladimir putin, nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘
dunyoda, vladimir putin, nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘
Putin va Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi
Suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi, mintaqada barqarorlikni ta’minlashda Rossiya tinchlikparvar kuchlarining rolini qayd etishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
“Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyat muhokamasi davom etdi. Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida 2020-yil 9-noyabr va 2021-yil 11-yanvar, 26-noyabrdagi uch tomonlama kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligi tasdiqlandi. Shu bilan birga, Rossiya tinchlikparvar kontingentining mintaqada barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bundan tashqari, Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
2020 yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan, biroq 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga hamda asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.