https://oz.sputniknews.uz/20220824/pensiya-taminotida-mdh-davlatlari-bilan-hamkorlik-kuchaytiriladi-27425295.html
Pensiya ta’minotida MDH davlatlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi
Pensiya ta’minotida MDH davlatlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari qator davlat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. 24.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-24T15:55+0500
2022-08-24T15:55+0500
2022-08-24T15:55+0500
jamiyat
pensiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27425139_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_92adc2a433ef3c6122ac19dee6514206.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston pensiya ta’minoti sohasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaydi va tizimli ishlarni amalga oshiradi. Bu haqda Sputnik nashriga Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.17-20 avgust kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Xalqaro pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar assotsiatsiyasi – 30-yil” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.Unda MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari hamda bir qator xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy va pensiya jamg‘armalari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.Ishtirokchilar pensiya tizimidagi so‘nggi yangiliklar va islohotlarga to‘xtalishdi va mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.Anjuman doirasida O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari Zohidxo‘ja Tursunov Qozog‘iston tomoni bilan pensiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy ravishda ma’lumotlar almashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashga kelishib oldi.Ozarbayjon tomoni bilan muzokaralarda pensiya ta’minoti masalasi yuzasidan mamlakat delegatsiyasining Toshkentga tashrifiga oid kelishuv imzolandi.Qolaversa, Armaniston va Qirg‘iziston vakillari bilan ham muzokaralar olib borilgan.Uchrashuvlarda pensiya ta’minoti tizimida fuqarolarning ikki tomonlama pensiya olmasligini oldini olish choralari yuzasidan fikr almashilgan. Bunda MDHga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27425139_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_fbf8fe97b6b08e5800c6ede96059e01a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, pensiya
Pensiya ta’minotida MDH davlatlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari qator davlat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston pensiya ta’minoti sohasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaydi va tizimli ishlarni amalga oshiradi. Bu haqda Sputnik nashriga Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
17-20 avgust kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Xalqaro pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar assotsiatsiyasi – 30-yil” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari hamda bir qator xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy va pensiya jamg‘armalari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar pensiya tizimidagi so‘nggi yangiliklar va islohotlarga to‘xtalishdi va mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.
Anjuman doirasida O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari Zohidxo‘ja Tursunov Qozog‘iston tomoni bilan pensiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy ravishda ma’lumotlar almashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashga kelishib oldi.
Ozarbayjon tomoni bilan muzokaralarda pensiya ta’minoti masalasi yuzasidan mamlakat delegatsiyasining Toshkentga tashrifiga oid kelishuv imzolandi.
Qolaversa, Armaniston va Qirg‘iziston vakillari bilan ham muzokaralar olib borilgan.
Uchrashuvlarda pensiya ta’minoti tizimida fuqarolarning ikki tomonlama pensiya olmasligini oldini olish choralari yuzasidan fikr almashilgan. Bunda MDHga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olingan.