Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukraina mojarosining boshida Rossiyaning g‘alabasiga ishongan

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishProdvijenie kolonn rossiyskoy armii na osvobojdonnix territoriyax Xarkovskoy oblasti
Prodvijenie kolonn rossiyskoy armii na osvobojdonnix territoriyax Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining tezkor g‘alabasiga ishonchi komil bo‘lgan AQSh Ukrainaga faqat Stinger va Javelin ko‘chma qurollarini yetkazib bergan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ukrainada harbiy harakatlar boshlangan ilk kezlarda Vashington Kiyevga faqat ko‘chma qurollar yetkazib berdi, chunki Oq uy “Ukraina tezda yutqazadi”, deb hisoblagan edi. Bu haqda “The Washington Post” Pentagondagi ismini oshkor etmagan manbasiga tayanib xabar bergan.
Nashr suhbatdoshining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Stinger va Javelin ko‘chma qurollarini yetkazib bergan. Buning sababi, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya Federatsiyasining tezkor g‘alabasiga ishonchi komil bo‘lgan.
Maqola mualliflari Ukraina Qurolli kuchlarida artilleriya uchun texnika va o‘q-dorilar cheklanganini ta’kidlagan. Bu AQSh va uning ittifoqchilarini “Kiyevning zaxirasini to‘ldirishga” majbur qilgan.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘z xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Doneskning muhim qismini, jumladan, Volnovaxa, Mariupol va Svatogorskni to‘liq ozod qilgan.
Yangiliklar lentasi
0