AQSh Putinning Ukraina haqidagi so‘zlarini esladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
G‘arbning takabburligi va Zelenskiyning obyektiv voqelikka asoslangan ongli qarorlar qabul qilishni istamasligi Ukrainani deyarli oldini olish mumkin bo‘lgan mojaroga mahkum qildi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Agar G‘arb va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘z harakatlarida takabburlikka yo‘l qo‘ymaganida Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi. Bu haqda “19FortyFive” nashri uchun Daniyel Devis yozmoqda.
“G‘arbning takabburligi va Zelenskiyning obyektiv voqelikka asoslangan ongli qarorlar qabul qilishni istamasligi Ukrainani deyarli oldini olish mumkin bo‘lgan mojaroga mahkum qildi”, deyiladi nashrda.
Muallif Rossiya prezidenti Vladimir Putinning NATOning sharqqa qarab olg‘a harakatlanishi qizil chiziq bo‘lib, o‘zida “jiddiy provokatsiya”ni aks ettirishi haqida bir necha bor ogohlantirganini eslatgan.
Devisning ta’kidlashicha, Putin o‘z mamlakati manfaatlari yo‘lida harakat qilishda davom etadi, Vashington va Brussel esa mamlakati NATOga kirmaydigan Zelenskiyning hissiy iltijosi tufayli yomon qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Doneskning muhim qismini, jumladan, Volnovaxa, Mariupol va Svatogorskni to‘liq ozod qilgan.
Yangiliklar lentasi
0