Ukrainadagi mojaro Yevropaning orzusini barbod qildi – OAV

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit YeS v Brussele
Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi 2027-yilgacha Rossiya gazidan voz kechishini e’lon qilgan, biroq bunday “mustaqillik” uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ukrainadagi uzoq davom etgan mojaro tufayli Yevropa iqtisodiyoti inqirozga uchradi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
“Bu yil Yevropa uchun ajoyib yil bo‘lishi kerak edi. Ammo 24-fevralda hammasi o‘zgardi. Normal holat yo‘qolib, inqiroz doimiy bo‘lib qoldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqiga tanazzul va qish yaqinlashmoqda, bu esa yevropaliklar energiya resurslari taqchilligi bilan duch kelishini anglatadi.
“O‘zgarishlar keskin. Bir yil avval 2022-yil uchun iqtisodiy o‘sish taxminan besh foiz bo‘lishi bashorat qilingan edi. Endi qishki tanazzul asosiy ssenariyga aylanmoqda”, deb yozilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi 2027-yilgacha Rossiya gazidan voz kechishini e’lon qilgan, biroq bunday “mustaqillik” uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi.
“Kelajakda bu energiya narxining oshishi va uning ortidan inflyatsiyani anglatadi, chunki Yevropa Ittifoqi o‘zining eng katta va eng arzon energiya manbalaridan voz kechishi kerak”, deb xulosa qilinadi maqolada.
Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklovchi choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlarga ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina brendlar Rossiyadan chiqishini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0