Turkiya Samarqanddagi ShHT sammitida Erdog‘an va Asad uchrashishi haqidagi xabarlarni rad etdi

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidie v Stambule
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Turkiya va Suriya yetakchilari ShHT sammitida uchrashishini inkor etdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asad O‘zbekistonda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida uchrashmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ma’lum qildi.
Chavusho‘g‘luning so‘zlariga ko‘ra, Suriya yetakchisi ShHT sammitiga taklif etilmagan.

“ShHT sammitida bunday uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Asad u yerga taklif qilinmagan”, - dedi Turkiya TIV rahbari "Haber Global" telekanaliga bergan intervusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning “Tasnim” agentligi ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekistonda uchrashishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Erdog‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT yig‘ilishiga taklif qilganini aytib o‘tgan.
2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0