Toshkent xalqaro aeroportidagi avtoturargoh vaqtincha yopildi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Aeroportga keluvchilar kuzatish va kutib olish uchun estakada yoki yon atrofdagi boshqa avtoturargohlardan foydalanishlari mumkin.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti 23-avgustdan boshlab uchib ketish zali oldidagi avtoturargohga kirish vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Aytilishicha, avtoturargoh rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopiladi.
“Aeroportga keluvchilar kuzatish va kutib olish uchun estakada yoki yon atrofdagi boshqa avtoturargohlardan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Shu hafta oxirigacha uchib kelish zali yonidagi avtoturargohlar qayta ishga tushiriladi.
Yangiliklar lentasi
0