https://oz.sputniknews.uz/20220823/tiv-afgoniston-bilan-chegarasidagi-hodisa-yozasidan-bayonot-berdi-27400861.html
TIV Afg‘oniston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan bayonot berdi
TIV Afg‘oniston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirgan. 23.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-23T18:49+0500
2022-08-23T18:49+0500
2022-08-23T19:00+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_eb5a017cc31a9a3aaacba2cb587319a6.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston bilan davlat chegarasidagi hodisa yuzasidan bayonot berdi.Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston va O‘zbekiston maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.21 avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilindi.Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazmoqda.Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar.Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21-avgust kuni O‘zbekiston davlat chegarasini buzib, Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga o‘tgani 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_36d47710d28a58bee79927a6320c9e8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
siyosat, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
TIV Afg‘oniston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan bayonot berdi
18:49 23.08.2022 (yangilandi: 19:00 23.08.2022) Ikki davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirgan.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston bilan davlat chegarasidagi hodisa yuzasidan
bayonot berdi. Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston va O‘zbekiston maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
21 avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
"O‘zbekiston ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda", - deyilgan xabarda.
Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21-avgust kuni O‘zbekiston davlat chegarasini buzib, Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga o‘tgani 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingani
xabar qilingan edi.