Samarqand xalqaro aeroportidagi ayrim parvozlar bekor qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy aeroport Samarkanda
Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy aeroport Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashlari mumkin.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportidan amalga oshiriladigan ayrim aviaqatnovlar texnik sabablariga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” xabar berdi.
Aytilishicha, 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan quyidagi yo‘nalishdagi parvozlar bekor qilindi:
HY041/042, HY043/044 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
HY275\276 Samarqand – Istambul – Samarqand;
HY605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
HY767\768 Samarqand – Olmaota – Samarkand;
HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;
HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva.
“Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0