https://oz.sputniknews.uz/20220823/pokiston-ozbekistonlik-haydovchilar-uchun-maxsus-viza-joriy-etishni-rejalashtirmoqda-27400300.html
Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etishni rejalashtirmoqda
Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yangi viza bilan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar 6 oy chegarani to‘siqsiz kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi. 23.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-23T19:41+0500
2022-08-23T19:41+0500
2022-08-23T19:41+0500
jamiyat
pokiston
haydovchilar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23181585_0:108:2047:1259_1920x0_80_0_0_10150e7aade04a22df3beab57c038483.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus viza joriy qilmoqda. O‘zbekiston ham dasturga qo‘shilishi mumkin, deb xabar beradi “Pakistan Today”.Pokiston savdo vaziri Navid Qamarning so‘zlari ko‘ra, yangi vizalar ikki mamlakat yuk tashuvchilariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkonini beradi. Bu ular o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga yordam beradi.Pokiston vaziri Markaziy Osiyoda eksportchilar uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Mamlakat hukumati Pokistonni mintaqaviy savdo va transport markaziga aylantirish niyatida.Pokiston allaqachon O‘zbekiston bilan tranzit savdosi bo‘yicha shartnoma imzolagan. Qamarning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda.Avvalroq o‘zbekistonlik haydovchilarning Turkmaniston vizasini olishi osonlashishi mumkinligi xabar qilingan edi.
pokiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23181585_112:0:1935:1367_1920x0_80_0_0_96c257b837020db5c1b4a53464cd2a1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, pokiston, haydovchilar, o‘zbekiston
jamiyat, pokiston, haydovchilar, o‘zbekiston
Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etishni rejalashtirmoqda
Yangi viza bilan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar 6 oy chegarani to‘siqsiz kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus viza joriy qilmoqda. O‘zbekiston ham dasturga qo‘shilishi mumkin, deb
xabar beradi “Pakistan Today”.
Pokiston savdo vaziri Navid Qamarning so‘zlari ko‘ra, yangi vizalar ikki mamlakat yuk tashuvchilariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkonini beradi. Bu ular o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga yordam beradi.
Vizaning amal qilish muddati 6 oy bo‘ladi. Kelgusida ularni o‘zbekistonlik haydovchilarga ham berish rejalashtirilgan. Buning uchun uch davlat o‘rtasida viza shartnomasi tuziladi.
Pokiston vaziri Markaziy Osiyoda eksportchilar uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Mamlakat hukumati Pokistonni mintaqaviy savdo va transport markaziga aylantirish niyatida.
Pokiston allaqachon O‘zbekiston bilan tranzit savdosi bo‘yicha shartnoma imzolagan. Qamarning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik haydovchilarning Turkmaniston vizasini olishi osonlashishi mumkinligi xabar qilingan edi.