https://oz.sputniknews.uz/20220823/koka-kola-xotirani-pasaytirishi-mumkin---olimlar-27398052.html
Koka-kola xotirani pasaytirishi mumkin - olimlar
Koka-kola xotirani pasaytirishi mumkin - olimlar
Sputnik O‘zbekiston
Braziliyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, shirin koka-kola miyaning kognitiv funksiyalariga shikast yetkazadi. 23.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-23T22:15+0500
2022-08-23T22:15+0500
2022-08-23T22:15+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
salomatlik
koka-kola
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971322_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_60f455c7497edc101e5bbb69a8490a44.jpg
Koka-kola va yana boshqa shirin gazli ichimliklarni salomatlik uchun aslo foydali deb bo‘lmaydi. Bunday ichimliklar tarkibida shakar juda ko‘p bo‘lib, qandli diabet, yurak, tish va jigar kasalliklariga sabab bo‘ladi. Hattoki shakar o‘rnini bosuvchi “parhezbop” moddalar ham yurak va tomirlar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Braziliya olimlari shirin gazli ichimliklarning yana bir salbiy ta’sirini aniqlashdi. Tadqiqotga ko‘ra, bunday ichimliklar miyaning kognitiv funksiyalarini bajaruvchi to‘qimalarni shikastlantiradi.Braziliyaning Janubiy Santa-Katarina universiteti olimlari laboratoriya sichqonlari bilan tajriba olib borishgan. Ularni yoshga ko‘ra ikki guruhga ajratib, kognitiv funksiyalarini labirintdan o‘tish orqali tekshirishgan. So‘ngra, 57 kun davomida sichqonlarning bir guruhiga oddiy suv, ikkinchi guruhini esa koka-kola berishgan.Tirik hujayralar doimiy ravishda peroksid va boshqa aktiv kislorod turlarini ishlab chiqaradi. Ular kuchli oksidlovchi modda bo‘lib xizmat qiladi va salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ularga qarshi katalaza va peroksiddismutaza kurashadi. Biroq, shirin kola ichgan kalamushlarning neyronlarida bu oqsillarning faolligi pasaygan. Ayniqsa, yosh sichqonlarda sezilarli bo‘lgan. Ularning hujayralari faol kislorod bilan yomon kurashgan. Natijada barcha zararli oqibatlarga olib keladigan oksidlovchi stress rivojlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971322_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d09fb7bed0354f31989a1f27e9b2c11f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, salomatlik, koka-kola
shifokorlar tavsiyasi, salomatlik, koka-kola
Koka-kola xotirani pasaytirishi mumkin - olimlar
Braziliyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, shirin koka-kola miyaning kognitiv funksiyalariga shikast yetkazadi.
Koka-kola va yana boshqa shirin gazli ichimliklarni salomatlik uchun aslo foydali deb bo‘lmaydi. Bunday ichimliklar tarkibida shakar juda ko‘p bo‘lib, qandli diabet, yurak, tish va jigar kasalliklariga sabab bo‘ladi. Hattoki shakar o‘rnini bosuvchi “parhezbop” moddalar ham yurak va tomirlar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Braziliya olimlari shirin gazli ichimliklarning yana bir salbiy ta’sirini aniqlashdi. Tadqiqotga ko‘ra, bunday ichimliklar miyaning kognitiv funksiyalarini bajaruvchi to‘qimalarni shikastlantiradi.
Braziliyaning Janubiy Santa-Katarina universiteti olimlari laboratoriya sichqonlari bilan tajriba olib borishgan. Ularni yoshga ko‘ra ikki guruhga ajratib, kognitiv funksiyalarini labirintdan o‘tish orqali tekshirishgan. So‘ngra, 57 kun davomida sichqonlarning bir guruhiga oddiy suv, ikkinchi guruhini esa koka-kola berishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, oddiy suv ichgan sichqonlarda hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan, biroq, kola ichgan kemiruvchilarning xotirasi xiralashgan va labirintlardan o‘ta olishmagan. Miyaning gistologik preparatlari frontal va gippokamma tuzilmalarida, xotira va yuqori kognitiv funksiyalar bilan bog‘liq muhim sohalarda buzilishlarni ko‘rsatgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday ta’sirlar oksidlovchi stressdan himoya qilish mexanizmlaridagi nosozliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tirik hujayralar doimiy ravishda peroksid va boshqa aktiv kislorod turlarini ishlab chiqaradi. Ular kuchli oksidlovchi modda bo‘lib xizmat qiladi va salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ularga qarshi katalaza va peroksiddismutaza kurashadi. Biroq, shirin kola ichgan kalamushlarning neyronlarida bu oqsillarning faolligi pasaygan. Ayniqsa, yosh sichqonlarda sezilarli bo‘lgan. Ularning hujayralari faol kislorod bilan yomon kurashgan. Natijada barcha zararli oqibatlarga olib keladigan oksidlovchi stress rivojlangan.