Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina harbiylari zarbasidan keyingi Lisichansk markazi qanday ko‘rinishda – video

Obuna bo‘lish
LXR Xalq militsiyasi vakili Donbass aholisiga nisbatan terror davom etayotganini ma’lum qildi.
Ukraina harbiylarining raketa zarbasi bilan ozod qilingan Lisichansk markazidagi sobiq Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) binosi vayron qilingan. Bu haqda RIA Novostiga LXR Xalq militsiyasi polkovnigi Vitaliy Kiselov ma’lum qildi.

“Bu yerdagi katta vayrongarchilikni ko‘rapsiz. Mazkur joyga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbasi berilgan. Donbass aholisiga nisbatan terror davom etmoqda. Nafaqat Lisichansk, balki Pervomaysk, Staxanov kabi shaharlarni ham vayron qilishmoqda”, - dedi “Kommunist” shartli nomini olgan harbiy.

Binoga 16-avgust kuni hujum qilishgan. U yerda Ukraina maxsus xizmati sobiq shtab kvartirasida saqlangan Ukraina pasportlari va boshqa hujjatlar sochilib yotganini ko‘rish mumkin.
Harbiyning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni strategik muhim obyektlarni ataylab yo‘q qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0