Turizm vazirligi va Soliq qo‘mitasi “Sayohat qil va keshbek ishla!” dasturini ishga tushiradi

© pixabay.com/falcoUzbekistan Samarkand
Uzbekistan Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Keshbek tizimi faqat O‘zbekiston fuqarolarining ichki sayohatlari uchun fiskal cheklar bilan tasdiqlangan xarajatlarining bir qismini qaytarishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. “Sayohat qil va keshbek ishla!” - bu O‘zbekiston Turizm va madaniy me’ros vazirligi hamda Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ichki turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi "Keshbek tizimdir.
"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" keshbek tizimi 2022-yil 1-sentabrdan boshlab ishga tushadi va uning doirasida O‘zbekiston fuqarolariga ichki turizm uchun qilingan xarajatlarning bir qismi qaytarib beriladi.

Keshbek miqdori:

Aviaqatnov xarajatlari uchun chiptasi narxining 15 %, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Temir yo‘lda yoki avtobusda chiptasi narxining 15 %, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Mehmonxona xarajatining 15 %, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalar chiptasi narxining 50 %, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda (har bir chipta uchun).
© Minturizma"Sayohat qil va keshbek ishla!" mobil ilovasi
Prilojenie Puteshestvuy i poluchi keshbek! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
"Sayohat qil va keshbek ishla!" mobil ilovasi

Keshbek olish uchun nima qilish kerak?

1.
Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olish, FaceID orqali shaxsini tasdiqlash;
2.
Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlash;
3.
Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritish;
4.
Sayohatdan so‘ng "Sayohatni tugatish" tugmasini bosish va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazish kerak.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 232-sonli qaroriga muvofiq Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi hamkorligida "Keshbek" tizimi taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0