https://oz.sputniknews.uz/20220822/toshkentda-rep-ijrochilari-orasida-tanlov-elon-qilindi-27362253.html
Toshkentda rep ijrochilari orasida tanlov e’lon qilindi
Toshkentda rep ijrochilari orasida tanlov e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Festivalda havaskor va taniqli reperlar uchun alohida konkurslar bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiqlar so‘zlari senzura qilinadi. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T19:21+0500
2022-08-22T19:21+0500
2022-08-22T19:21+0500
madaniyat
toshkent
tanlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15938110_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_1bbdb2483812b7be75995652c2738e18.jpg
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Mustaqillikning 31-yilligi munosabati bilan 4 senyatbr kuni poytaxtdagi “Navro‘z” parkida (Anhor-Lokomotiv) “Rep musiqa festivali” (Rap festival) bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri “O‘zbekkonsert” Matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Abbosjon Ergashevga asosan.Festivalni o‘tkazishdan maqsad – san’atning zamonaviy turlarini rivojlantirish, havaskor xonandalarni professional sahnaga olib chiqish, deydi “O‘zbekkonsert” vakili.Xabarda aytilishiga ko‘ra, festivalda havaskor va taniqli reperlar uchun alohida konkurslar bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiq so‘zlari senzura qilinadi.“Rep musiqa festivali ikki qismdan iborat bo‘ladi: havaskor va mashhur repperlar uchun. Xonandalarning imkoniyatlari to‘liq inobatga olinadi. Hozirda festivalning dasturi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda”, dedi Ergashev.Mutaxassisning aytishicha, festivalga xorijdan ishtirokchilar olinmaydi, faqat mamlakatdagi reperlar ishtirok etadi. Rejaga ko‘ra, 50 nafar ijrochi ishtirok etadi, shundan 35 nafari yosh va havaskor ijrochilar.“Rep musiqa festivali” jarayonlarini munosib va adolatli baholash uchun "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xodimlari va yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirilmoqda. Eng faollar maxsus faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.Ma’lumot uchun, mazkur festival ilk bor 2019-yili Toshkentning Anhor parkida shou tarzida o‘tkazilgan. Dasturdan Graffiti show, Beatbox, Hip-Hop dance, professional va havaskor reperlar chiqishi va jonli treklar o‘rin olgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15938110_235:0:2966:2048_1920x0_80_0_0_683f0a9a95fad5967e2dfb67bebae7b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, toshkent, tanlov
madaniyat, toshkent, tanlov
Toshkentda rep ijrochilari orasida tanlov e’lon qilindi
Festivalda havaskor va taniqli reperlar uchun alohida konkurslar bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiqlar so‘zlari senzura qilinadi.
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Mustaqillikning 31-yilligi munosabati bilan 4 senyatbr kuni poytaxtdagi “Navro‘z” parkida (Anhor-Lokomotiv) “Rep musiqa festivali” (Rap festival) bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri “O‘zbekkonsert” Matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Abbosjon Ergashevga asosan.
Festivalni o‘tkazishdan maqsad – san’atning zamonaviy turlarini rivojlantirish, havaskor xonandalarni professional sahnaga olib chiqish, deydi “O‘zbekkonsert” vakili.
“Ko‘pincha klassik musiqa va ijrolarga urg‘u beriladi. Ammo musiqa san’ati juda bebaho va o‘ziga xos zamonaviy yo‘nalishlarga ega. Mazkur festivalni o‘tkazish rep musiqasini rivojlantirish, reperlar uchun katta professional sahnaga chiqish, uni his qilishda ko‘maklashish va kelgusida ijodini to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirishga turtki berishdan iborat”, dedi mutaxassis.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, festivalda havaskor va taniqli reperlar uchun alohida konkurslar bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiq so‘zlari senzura qilinadi.
“Rep musiqa festivali ikki qismdan iborat bo‘ladi: havaskor va mashhur repperlar uchun. Xonandalarning imkoniyatlari to‘liq inobatga olinadi. Hozirda festivalning dasturi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda”, dedi Ergashev.
Festivalda xorij so‘zi ishlatilishi mumkin emas, senzuraga qatiy rioya qilinadi. Shu orqali bu janr ijodkorlarini to‘g‘ri tarzda ijodini rivojlantirishi va soha ijodkorlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirishni maqsad qilib olgan.
Mutaxassisning aytishicha, festivalga xorijdan ishtirokchilar olinmaydi, faqat mamlakatdagi reperlar ishtirok etadi. Rejaga ko‘ra, 50 nafar ijrochi ishtirok etadi, shundan 35 nafari yosh va havaskor ijrochilar.
“Rep musiqa festivali” jarayonlarini munosib va adolatli baholash uchun "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xodimlari va yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirilmoqda. Eng faollar maxsus faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, mazkur festival ilk bor 2019-yili Toshkentning Anhor parkida shou tarzida o‘tkazilgan. Dasturdan Graffiti show, Beatbox, Hip-Hop dance, professional va havaskor reperlar chiqishi va jonli treklar o‘rin olgan edi.