Rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortmoqda - ATOR

© UzATuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyalik sayyohlar orasida O‘zbekistonda eng ommaviy joylar bu - Samarqand va Buxorodan iborat. Shuningdek Xivaga ham qiziqish ortib bormoqda.
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiyaliklar orasida O‘zbekistonga sayohatga bo‘lgan talab bir necha barobar oshdi. Bu haqidpa Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ma’lum qildi.
O‘zbekiston rossiyaliklar uchun tobora jozibador sayyohlik maskaniga aylanib bormoqda. Agar joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasidan 29 ming nafar fuqaro tashrif buyurgan bo‘lsa, may oyida respublikaga Rossiyadan 47,5 ming, may oyida – 53 ming, iyulda esa 61 mingdan ortiq kishi kelgan, - deyiladi Assotsiatsiya xabarida.
ATOR ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning aprelidan iyuligacha O‘zbekistonga 190,5 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari kelgan. Butun yil davomida Rossiyadan deyarli bir xil miqdordagi sayohatchilar - 190 ming kishi respublikaga tashrif buyurishdi.
“Ehtimol, hozirgi dinamikani saqlab qolgan holda, 2022-yil oxiriga kelib, rossiyaliklar O‘zbekistonga 450 ming marta tashrif buyurgan 2019-yildagi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin”, — deb yozmoqda ATOR.
O‘zbekistonning mashhurligi oshishiga parvozlarning qulayligi va xilma-xilligi, kovid cheklovlarining yo‘qligi, viza rejimi va til to‘sig‘ining yo‘qligi sabab bo‘ldi, deya aniqlik kiritmoqda Assotsiatsiya. Shuningdek, ruslarni arzon narxlar, sayohat xavfsizligi va xalqaro bank kartalarini chiqarish imkoniyati o‘ziga jalb qiladi.
Rossiyalik sayyohlar orasida O‘zbekistonda eng ommaviy joylar bu - Samarqand va Buxorodan iborat. Shuningdek Xivaga ham qiziqish ortib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0