https://oz.sputniknews.uz/20220822/rossiya-oz-manfaatlariga-javob-beradigan-siyosat-olib-boradi--putin--27362968.html
Rossiya o‘z manfaatlariga javob beradigan siyosat olib boradi – Putin
Rossiya o‘z manfaatlariga javob beradigan siyosat olib boradi – Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti mamlakat xalqaro maydonda faqat Vatanning tub manfaatlariga javob beradigan siyosatni olib borish borasida qat’iy ekanini ma’lum qildi. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T20:07+0500
2022-08-22T20:07+0500
2023-04-05T18:39+0500
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0f/27151962_0:0:2859:1609_1920x0_80_0_0_81bac1ccdeea68d7965a40c1b5b8e86d.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya jahon sahnasida faqat o‘zining asosiy manfaatlariga javob beradigan siyosat olib boradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ta’kidladi.Putinning ta’kidlashicha, uch asrdan ko‘proq vaqt oldin birinchi rus harbiy kemasida ko‘tarilgan Rossiya bayrog‘i eng qiyin paytlarda - Buyuk Potr davrida Rossiya imperiyasining shakllanishi bosqichida, Birinchi jahon urushi jang maydonlarida va 1990-yillardagi tub o‘zgarishlarning ziddiyatli, og‘ir davrida Rossiyaning ramzi bo‘lib qolgan.Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun ham o‘z xohish-irodasiga ko‘ra yashash va o‘z yo‘lini tanlash va shu yo‘ldan borish istagi Rossiya xalqining genetik kodiga aylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0f/27151962_311:0:2859:1911_1920x0_80_0_0_6f354d8eee6a900e47bcecb2dbf51486.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, rossiya
Rossiya o‘z manfaatlariga javob beradigan siyosat olib boradi – Putin
20:07 22.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Rossiya prezidenti mamlakat xalqaro maydonda faqat Vatanning tub manfaatlariga javob beradigan siyosatni olib borish borasida qat’iy ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya jahon sahnasida faqat o‘zining asosiy manfaatlariga javob beradigan siyosat olib boradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida
ta’kidladi. “Rossiya qudratli, mustaqil jahon davlatidir. Biz xalqaro maydonda faqat Vatanning tub manfaatlariga javob beradigan siyosatni olib borish borasida qat’iymiz”, - dedi u.
Putinning ta’kidlashicha, uch asrdan ko‘proq vaqt oldin birinchi rus harbiy kemasida ko‘tarilgan Rossiya bayrog‘i eng qiyin paytlarda - Buyuk Potr davrida Rossiya imperiyasining shakllanishi bosqichida, Birinchi jahon urushi jang maydonlarida va 1990-yillardagi tub o‘zgarishlarning ziddiyatli, og‘ir davrida Rossiyaning ramzi bo‘lib qolgan.
“Davlat bayrog‘i an’anaviy qadriyatlarimizga – haqiqat va adolat, hamjihatlik va rahm-shafqat, Rossiyaning ko‘p asrlik, uzluksiz tarixiga, bizga meros qilib qoldirgan ajdodlarimizning erishgan yutuqlari va g‘alabalariga hurmat-ehtiromni ifodalaydi”, - dedi Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun ham o‘z xohish-irodasiga ko‘ra yashash va o‘z yo‘lini tanlash va shu yo‘ldan borish istagi Rossiya xalqining genetik kodiga aylangan.