https://oz.sputniknews.uz/20220822/putin-aqsh-27360759.html
Putin AQShni uning o‘z usuli bilan mag‘lub etadi - “The National Interest”
Putin AQShni uning o‘z usuli bilan mag‘lub etadi - “The National Interest”
Sputnik O‘zbekiston
Marks: Ukraina mojarosi qanday yakunlanishidan qat’i nazar, Qo‘shma Shtatlar strategik yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T18:34+0500
2022-08-22T18:34+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26404716_0:282:2921:1925_1920x0_80_0_0_9c9958aa5e84992c8f856d1e6d3eaad1.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ukrainadagi mojaro qanday oqibatlarga olib kelishidan qat’i nazar, Amerika Qo‘shma Shtatlari barbod bo‘ladi. Bu haqda “The National Interest” nashri uchun Ramon Marks yozgan.Marksning qayd etishicha, yaqin yillarda Pekin va Moskva ikki davlat o‘rtasidagi neft va gaz tashish yo‘nalishlarini kengaytirishga katta miqdorda sarmoya kiritadi, bu esa Rossiyaga Xitoyga qazib olinadigan yoqilg‘i yetkazib beruvchi asosiy davlatga aylanish imkonini beradi.Muallifning fikricha, Qo‘shma Shtatlar uchun yana bir muammo bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ta’siri bo‘ldi. Marks Qo‘shma Shtatlar endi dunyodagi yagona hukmron kuch emas, degan xulosaga kelgan.Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklovchi choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlarga ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina brendlar Rossiyadan chiqishini e’lon qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26404716_188:0:2917:2047_1920x0_80_0_0_b0f166b07110d7d22664d0e8326d616e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, vladimir putin, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, vladimir putin, rossiya
Putin AQShni uning o‘z usuli bilan mag‘lub etadi - “The National Interest”
18:34 22.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Marks: Ukraina mojarosi qanday yakunlanishidan qat’i nazar, Qo‘shma Shtatlar strategik yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ukrainadagi mojaro qanday oqibatlarga olib kelishidan qat’i nazar, Amerika Qo‘shma Shtatlari barbod bo‘ladi. Bu haqda “The National Interest” nashri uchun Ramon Marks
yozgan. “Ukraina mojarosi qanday yakunlanishidan qat’i nazar, Qo‘shma Shtatlar strategik yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. Rossiya Xitoy va Yevroosiyo qit’asining boshqa davlatlari, jumladan Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan yaqinroq munosabatlar o‘rnatadi”, - deyiladi maqolada.
Marksning qayd etishicha, yaqin yillarda Pekin va Moskva ikki davlat o‘rtasidagi neft va gaz tashish yo‘nalishlarini kengaytirishga katta miqdorda sarmoya kiritadi, bu esa Rossiyaga Xitoyga qazib olinadigan yoqilg‘i yetkazib beruvchi asosiy davlatga aylanish imkonini beradi.
“Rossiya Hindiston bilan ham energetika biznesini sezilarli darajada kengaytirdi. Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘ilarini bu mamlakatga sotishning ko‘payishi AQSh, Avstraliya va Yaponiyaning Dehliga yaqinlashish harakatlariga zarar keltiradi”, - deb eslaydi jurnalist.
Muallifning fikricha, Qo‘shma Shtatlar uchun yana bir muammo bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ta’siri bo‘ldi. Marks Qo‘shma Shtatlar endi dunyodagi yagona hukmron kuch emas, degan xulosaga kelgan.
Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklovchi choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlarga ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina brendlar Rossiyadan chiqishini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.