https://oz.sputniknews.uz/20220822/ozbekistonda-xizmat-korsatgan-tadbirkor-faxriy-unvoni-tasis-etiladi-27360330.html
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes... 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T18:11+0500
2022-08-22T18:11+0500
2022-08-22T18:11+0500
siyosat
tadbirkor
unvon
tadbirkorlar bilan uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_98b31f187079bc46243dd689355cc264.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni ta’sis etiladi. Bu haqida prezident tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor“ faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.Qayd etilishicha, mamlakatda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas.Shu bois, endilikda ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari munosib e’tirof etiladi.Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 100 nafar ishbilarmon mazkur mukofot bilan taqdirlandi.“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_86b2e49b8c09fe6aa718b0f99e2f05c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tadbirkor, unvon, tadbirkorlar bilan uchrashuv
siyosat, tadbirkor, unvon, tadbirkorlar bilan uchrashuv
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi
Endilikda ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari munosib e’tirof etiladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni ta’sis etiladi. Bu haqida prezident tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda aytib
o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor“ faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas.
Shu bois, endilikda ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari munosib e’tirof etiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 100 nafar ishbilarmon mazkur mukofot bilan taqdirlandi.
“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar
taqdirlanadi.