O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan bir guruh afg‘onistonlik qo‘lga olindi

© AFP 2023 / AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston fuqarolari qayiqlarda O‘zbekiston davlat chegarasini buzib, Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga o‘tgan.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. 21 avgust kuni bir guruh Afg‘oniston fuqarolari qayiqlarda davlat chegarasini buzib, Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga o‘tgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari rasmiy Telegram kanalida xabar qilindi.
Qoidabuzarlar hududga yetib kelgan O‘zbekiston chegara otradiga qarshilik ko‘rsatgan.
"Olib borilgan tezkor tadbir natijasida O‘zbekiston Davlat chegarasini buzganlarning barchasi (jami 24 nafar) shaxsini aniqlash va tergov-tezkor tadbirlarini o‘tkazish maqsadida qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, chegaradagi hodisaga O‘zbekistonning chegara zonasida ko‘p miqdorda o‘sadigan qizilmiya ildizining noqonuniy qazib olinishi sabab bo‘lgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Payg‘ambar oroli hududi O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining to‘liq nazorati ostida.
Yangiliklar lentasi
0