Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Melitopol ma’muriyati rahbari shahar Rossiya bilan birga bo‘lishini ma’lum qildi

© Sputnik / Dmitriy Makeyev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Melitopole
Povsednevnaya jizn v Melitopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Galina Danilchenko shahar aholisi uchun Rossiya bayrog‘i – bu ozodlik ramzi ekanini aytdi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Zaporojye viloyati Melipotol shahri ma’muriyati rahbari Galina Danilchenko Rossiya bayrog‘i shahar aholisi uchun ozodlik ramzi ekani, shahar Rossiya bilan birga bo‘lishini ma’lum qildi.
Danilchenko Melipotolda Rossiya bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarida ishtirok etdi. Shaharning markaziy maydonida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi. Melitopolning bolalar san’at maktabi, yoshlari va ko‘ngillilari raqs fleshmobini tashkil etishdi.

“Biz bu kunni juda uzoq kutgandik, bu kun kelganidan g‘oyat mamnunmiz. Biz Rossiya bilan birga bo‘lishdan shodmiz, biz bunga intilgandik, Biz uchun Rossiya bayrog‘i – bu ozodlik ramzi”, - dedi Danilchenko RIA Novosti bilan suhbatda.

U shahar bu kunni anchadan buyon, ayniqsa 2014-yilda “Kiyevda hukumatni egallab olgan millatchilar rus madaniyatiga oid hamma narsaga barham berishni boshlagan” paytdan beri intiqib kutishganini qo‘shimcha qildi
Danilchenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozir shahar aholisi uchun qadrli bo‘lgan narsalar qaytarilmoqda.
“Melitopol Rossiya bilan birga bizning qardosh xalqlarimizning umumiy oilasiga qaytmoqda”, - deya xulosa qildi u.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismi nazorat ostiga olindi. Xerson, Melitopol i Berdansk kabi yirik shaharlar ozod qilindi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklana boshlandi. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0