https://oz.sputniknews.uz/20220822/endi-tadbirkorlarning-mulk-huquqini-bekor-qilish-faqat-sud-orqali-amalga-oshiriladi-27358997.html
Endi tadbirkorlarning mulk huquqini bekor qilish faqat sud orqali amalga oshiriladi
Endi tadbirkorlarning mulk huquqini bekor qilish faqat sud orqali amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3-yillik moratoriy e’lon qilinadi. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T17:25+0500
2022-08-22T17:25+0500
2022-08-22T17:25+0500
siyosat
tadbirkor
tadbirkorlar bilan uchrashuv
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21014814_0:373:2977:2048_1920x0_80_0_0_989cf66f61c7f87d0d45ffdd3f4a771f.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ma’lum qildi.Prezident o‘z so‘zida tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasiga ham to‘htalib o‘tdi.Bunda huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liq.Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.Ma’lumot uchun, o‘tgan 3-yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21014814_76:0:2807:2048_1920x0_80_0_0_2e02ffaebc386013bf6c81c50f4f0fb1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tadbirkor, tadbirkorlar bilan uchrashuv, shavkat mirziyoyev
siyosat, tadbirkor, tadbirkorlar bilan uchrashuv, shavkat mirziyoyev
Endi tadbirkorlarning mulk huquqini bekor qilish faqat sud orqali amalga oshiriladi
Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3-yillik moratoriy e’lon qilinadi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ma’lum
qildi. Prezident o‘z so‘zida tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasiga ham to‘htalib o‘tdi.
"Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e’tiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi", deydi Shavkat Mirziyoyev.
Bunda huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liq.
Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 3-yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).
Ta’kidlanishicha, tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3-yillik moratoriy e’lon qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.