https://oz.sputniknews.uz/20220822/aqsh-yaqin-orada-tashqi-qarz-boyicha-defoltga-uchrashi-mumkin--patrushev--27357999.html
AQSh yaqin orada tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchrashi mumkin – Patrushev
AQSh yaqin orada tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchrashi mumkin – Patrushev
Sputnik O‘zbekiston
Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishiga asosiy sabab AQSh va Yevropada faoliyat yuritayotgan “bosmaxona”dir. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T17:48+0500
2022-08-22T17:48+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
aqsh
tashqi qarz
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24648993_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_95e9a6bb9bbb1122ecc3f16b9fc2b9d5.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Vashington yaqin kelajakda o‘zining tashqi qarzi bo‘yicha defoltga uchraydi, deyishga asos bor: qarz olishning nazoratsiz o‘sishi AQSh davlat qarzining 30 trillion dollardan oshib ketishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishiga asosiy sabab AQSh va Yevropada faoliyat yuritayotgan “bosmaxona”dir.Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davrida so‘nggi 40-yildagi eng katta pul mablag‘i emissiyasi sodir bo‘ldi: AQSh 5,9 trillion dollar, Yevropa 2,9 trillion yevroni bosib chiqardi. Qarz olishning nazoratsiz o‘sishi AQSh davlat qarzining 30 trillion dollardan oshib ketishiga olib keldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24648993_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_cea5401d3815d93acb308115fe5d5e19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, tashqi qarz, rossiya
dunyoda, aqsh, tashqi qarz, rossiya
AQSh yaqin orada tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchrashi mumkin – Patrushev
17:48 22.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishiga asosiy sabab AQSh va Yevropada faoliyat yuritayotgan “bosmaxona”dir.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Vashington yaqin kelajakda o‘zining tashqi qarzi bo‘yicha defoltga uchraydi, deyishga asos bor: qarz olishning nazoratsiz o‘sishi AQSh davlat qarzining 30 trillion dollardan oshib ketishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev
ma’lum qildi. “Ushbu dinamikani hisobga oladigan bo‘lsak, yaqin kelajakda bu mamlakatlarda ushbu qarzga xizmat ko‘rsatishda muammolar paydo bo‘ladi, deb ishonish uchun barcha asoslar bor. Natijada Vashington Rossiya oldidagi majburiyatlarini bajarmagani kabi defolt e’lon qiladi. Har qanday davlatning AQSh dollari va yevrodagi moliyaviy aktivlari shunchaki o‘g‘irlanadi”, dedi u Rossiya Federatsiyasi va ASEANga a’zo davlatlar oliy vakillari o‘rtasida videoaloqa orqali o‘tkazilgan maslahatlashuvlar chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishiga asosiy sabab AQSh va Yevropada faoliyat yuritayotgan “bosmaxona”dir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davrida so‘nggi 40-yildagi eng katta pul mablag‘i emissiyasi sodir bo‘ldi: AQSh 5,9 trillion dollar, Yevropa 2,9 trillion yevroni bosib chiqardi. Qarz olishning nazoratsiz o‘sishi AQSh davlat qarzining 30 trillion dollardan oshib ketishiga olib keldi.