Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

© SputnikAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25 avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi (DTM) xabar qildi.
Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari: 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani DTM my.dtm.uz saytidan olishi mumkin.
DTM talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishni so‘ragan.
Xorijdan O‘zbekiston tibbiyot OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar necha ball to‘plashi kerak
Yangiliklar lentasi
0