https://oz.sputniknews.uz/20220821/jazirama-tufayli-dunyo-bozorida-paxta-narxi-keskin-oshdi--bloomberg-27334722.html
Jazirama tufayli dunyo bozorida paxta narxi keskin oshdi – Bloomberg
Jazirama tufayli dunyo bozorida paxta narxi keskin oshdi – Bloomberg
Sputnik O‘zbekiston
Paxta narxi 2011-yildan buyon rekord ko‘rsatkich qayd etdi. 21.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-21T17:51+0500
2022-08-21T17:51+0500
2022-08-21T17:51+0500
iqtisod
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/56/9475608_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_50d96e41de06b99ab3f1c981c34972e8.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. G‘ayritabiiy issiq ob-havo va qurg‘oqchilik sabab dunyo bozorida paxta narxi30 foizga oshdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, Hindiston, Xitoy, AQSh va Braziliya iqlim o‘zgarishi sababli paxta ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, haddan tashqari qurg‘oqchilik va jazirama Braziliyada paxta hosildorligining qariyb 30 foizga, AQShda esa 28 foizga pasayishiga olib kelgan. Bu mamlakatlar hissasiga esa paxta ishlab chiqarishning qariyb yarmi to‘g‘ri keladi.Hindistonda kuchli yomg‘ir va hasharotlar tufayli ishlab chiqarish hajmi shu qadar kamayganki, mamlakat chet elda xom ashyo sotib olishni boshlashiga majbur bo‘lgan. Xitoy ham ob-havo tufayli paxta hosili sezilarli darajada kamayishidan xavfsirayapti.Nashr buning natijasida jahonda paxta narxi 30 foizga oshgani va bu 2011-yildan buyon rekord ko‘rsatkich ekanini ta’kidlamoqda. Bozor ishtirokchilari 2022-yilning ikkinchi yarmida paxta narxi barqarorlashayotganiga umid qilishmoqda.Paxta narxining oshishi va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qator tovarlar – futbolkalar, tagliklar, qog‘oz, karton va boshqa mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun 27-iyuldan “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilingani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/56/9475608_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_2d730c91fda81a843f120e60d4378f38.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, paxta
Jazirama tufayli dunyo bozorida paxta narxi keskin oshdi – Bloomberg
Paxta narxi 2011-yildan buyon rekord ko‘rsatkich qayd etdi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. G‘ayritabiiy issiq ob-havo va qurg‘oqchilik sabab dunyo bozorida paxta narxi30 foizga oshdi. Bu haqda “Bloomberg”
xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, Hindiston, Xitoy, AQSh va Braziliya iqlim o‘zgarishi sababli paxta ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, haddan tashqari qurg‘oqchilik va jazirama Braziliyada paxta hosildorligining qariyb 30 foizga, AQShda esa 28 foizga pasayishiga olib kelgan. Bu mamlakatlar hissasiga esa paxta ishlab chiqarishning qariyb yarmi to‘g‘ri keladi.
Hindistonda kuchli yomg‘ir va hasharotlar tufayli ishlab chiqarish hajmi shu qadar kamayganki, mamlakat chet elda xom ashyo sotib olishni boshlashiga majbur bo‘lgan. Xitoy ham ob-havo tufayli paxta hosili sezilarli darajada kamayishidan xavfsirayapti.
Nashr buning natijasida jahonda paxta narxi 30 foizga oshgani va bu 2011-yildan buyon rekord ko‘rsatkich ekanini ta’kidlamoqda. Bozor ishtirokchilari 2022-yilning ikkinchi yarmida paxta narxi barqarorlashayotganiga umid qilishmoqda.
Paxta narxining oshishi va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qator tovarlar – futbolkalar, tagliklar, qog‘oz, karton va boshqa mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun 27-iyuldan “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilingani
xabar qilingan edi.