Yer qa’ri uchastkalarini hadya qilish va meros qilib qoldirish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishMednaya ruda na meste stroitelstva gorno-metallurgicheskogo kombinata na Udokanskom mestorojdenii v Zabaykalskom krae.
Mednaya ruda na meste stroitelstva gorno-metallurgicheskogo kombinata na Udokanskom mestorojdenii v Zabaykalskom krae.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2022
Obuna bo‘lish
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishda bir martalik bonuslar o‘rniga har yilgi to‘lovlar hamda yillik minimal xarajatlar joriy qilinadi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalarini hadya qilish va meros qilib qoldirish taqiqlab qo‘yilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi Vahob Murodqobilov deputatlar "Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishiga tayyorlanishayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasida foydali qazilma turlari aniq belgilanyapti. Asosiy foydali qazilmalar (barcha metallar va uglevodorodlar) hamda noruda foydali qazilmalar (sement, oyna, kimyo xom ashyolari, marmar, granit, bazalt, qum-shag‘al, ohaktosh va boshqalar)ga ajratilmoqda.
Belgilanayotgan normalar bilan geologik jihatdan kam o‘rganilgan hududlarni xalqaro standart asosida bloklarga bo‘lish tizimi joriy etiladi. Tegishli litsenziyalar talabgor murojaatiga ko‘ra "birinchi kelgan — birinchi oladi" prinsipi asosida shaffof mexanizmlar orqali beriladi.
O‘rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlarni E-auksion platformasida onlayn-auksion natijalariga ko‘ra berilishi belgilanmoqda. Kam o‘rganilgan, olis joylardagi uchastkalar "birinchi kelgan — birinchi oladi" tamoyili asosida beriladi, o‘rganish darajasi yuqori istiqbolli maydon va konlar auksion va tanlovlarga chiqariladi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishda bir martalik bonuslar o‘rniga har yilgi to‘lovlar hamda yillik minimal xarajatlar joriy qilinadi. Bu litsenziarni o‘z uchastkasida tezroq geologiya-qidiruv va qazish ishlarini o‘tkazishga undaydi, obyektlar samarasiz turib qolmaydi.
Yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish, omonatga yoki garovga qo‘yish taqiqlanmoqda.
Ortiqcha yukni qisqartirish maqsadida litsenziya olishda talab etiladigan muayan hujjatlar, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisoblar, talabgor moliyaviy mablag‘lari, mavjud texnika va boshqa imkoniyatlari kabi ma’lumotlar ro‘yxati bekor qilinmoqda.
Yerosti boyliklaridan foydalanishdagi maxsus vakolatli davlat organlari vakolat doiralari aniq belgilab qo‘yilmoqda. Maydon yoki kondan foydalanish tugaganidan so‘ng, atrof-muhitni qayta tiklash, rekultivatsiya qilish tadbirlari moliyaviy manbalari tizimli shakllantirilib, kafolatli bajarilishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0