ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: o‘zbekistonlik harbiylardan “Sodiq do‘st”da mutlaq ustunlik - foto

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKonkurs "Verniy drug"
Konkurs Verniy drug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlari tanlovlari shartlarini muvaffaqiyatli bajarishmoqda.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. ArMI-2022 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasining navbatdagi sharti yakunlandi.
Musobaqaning “Itoat qilish” shartini O‘zbekiston vakillari kichik serjant Irodaxon Olimova "Gita" va kichik serjant Marjona Oqqo‘ziyeva "Brenda" laqabli xizmat itlari muvaffaqiyatli bajarishdi.
Xizmat itlari harbiy kinologlar bergan buyruqqa binoan o‘ngga, chapga burilish, ortga qaytish, harakat davomida darhol to‘xtash, yugurish, o‘tirish, yotish, o‘rnidan turish, yonma-yon harakatlanish, sekin yoki meyoriy qadam tashlash elementlarini bekam-ko‘st bajardi.
Juftliklarda bajarilgan ushbu shartda erkaklar jamoasidan kichik serjant Sodiq Dilmurodovning "Klif" hamda kichik serjant Zuhriddin Qo‘shoqovning "Best" laqabli xizmat itlari tengsiz natijalarni qayd etdi.
“Sodiq do‘st” musobaqasining 19-avgust kuni “Dog biatloni” sharti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston jamoasi mutlaq ustunlikka erishdi. Ayollar o‘rtasida ham O‘zbekiston jamoasi peshqadam bo‘lib bormoqda. Oldinda yana 4 ta shart qolgan.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKonkurs "Verniy drug"
Konkurs Verniy drug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2022
Konkurs "Verniy drug"
Ta’kidlash kerakki, “Sodiq do‘st” musobaqasining “Dog biatlon” shartida yakka tartibda 2,4 ming metrga xizmat iti bilan yugurgan kichik serjant Iroda Olimova "Gita" laqabli iti bilan 10 daqiqayu 13,8 soniya bilan rekord natijani qayd etdi.
Erkaklar o‘rtasida o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda kichik serjant Zuhriddin Qo‘shoqov ham "Best" laqabli iti bilan yuqoridagi shart bo‘yicha rekord o‘rnatdi — 8 daqiqayu 18 soniya.
Shuningdek, "Forish" poligonida o‘tayotgan Xalqaro armiya o‘yinlarining “Qurolsoz usta” musobaqasi ishtirokchilari navbatdagi bosqichdan o‘tdi. Uchinchi bosqichda O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari “BM-21 MK” reaktiv artilleriya qurilmasini ta’mirlash bo‘yicha mahorat va tajribalarini namoyish etdilar.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Dastlab to‘rt nafar harbiy xizmatchi reaktiv artilleriya qurilmasining 10 dona yuqori yo‘naltiruvchi paketlarini 108 dona qismlarga ajratish va yig‘ish, qurilmadagi nosozliklarni aniqlash va ta’mirlash, qurilmaning o‘ng o‘rta g‘ildiragini zaxira g‘ildirakka almashtirish, qurilmani 10 dona 122 millimetrli o‘q-dorilar bilan o‘qlash va belgilangan yo‘nalishda otish mashg‘ulotini bajardilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 9 daqiqa 13 soniya natija bilan birinchi, Rossiya jamoasi 13 daqiqa 46 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston harbiylari o‘z natijalari bilan 2021-yil Eronda o‘rnatilgan rekordni yangilashdi.
Yangiliklar lentasi
0