https://oz.sputniknews.uz/20220820/ozbekistonda-miasteniya-kasalligi-16-xil-dori-bilan-davolanadi-27313171.html
O‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
O‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
2022-08-20T13:59+0500
2022-08-20T13:59+0500
2022-08-20T13:59+0500
jamiyat
dori
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1149/66/11496651_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_82172939978372460cb7e0d97513bc63.jpg
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.Holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagilarni ma’lum qildi.Miasteniya – muskullarning tez toliqishi bilan kechuvchi surunkali autoimmun kasallik bo‘lib, dunyoda har 100 ming aholidan 10-24 nafarida uchraydi. Bu xastalik turli yoshda, xususan, erta bolalik va keksalik davrida ham rivojlanishi mumkin.— Tibbiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarning davolash standartlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Amerika nevrologlari akademiyasining “Miasteniyani davolash bo‘yicha xalqaro konsensus yo‘riqnomasi”da (2020 yilda yangilangan) xastalikka qarshi qo‘llash uchun “Xolinesteraza fermentining ingibitorlari” guruhiga kiruvchi vositalar qayd etilgan.Shundan kelib chiqib, respublikada ham sohada uzoq yillik tajriba va bilimga ega olimlarning tavsiyalari asosida O‘zbekiston nevrologlari assotsiatsiyasi tomonidan ushbu guruhga mansub preparatlar miasteniyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.Shuningdek, Agentlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi tomonidan miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan 16 turdagi (11 ta xorijiy va 5 ta mahalliy) dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ular tibbiy amaliyotda foydalanishga ruxsat berilgan.O‘zbekiston nevrologlari assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu preparatlar orasida neostigmin metilsulfat (Prozerin), ipidakrin (Mediatorn) hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan galantamin gidrobromid tarkibli dori vositalari mavjud bo‘lib, davolash jarayonida ularning samaradorligi kuzatilmoqda.Piridostigmin bromid (Kalimin N 60) O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida mavjud emas (ya’ni ro‘yxatdan o‘tmagan) va uning farmakologik ta’siri O‘zbekistonda o‘rganilmagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1149/66/11496651_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9247179c72c1babc94fba70ec351a5ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
o‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
O‘zbekistonda miasteniya kasalligi 16 xil dori bilan davolanadi
Internetda "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagilarni ma’lum qildi.
Miasteniya – muskullarning tez toliqishi bilan kechuvchi surunkali autoimmun kasallik bo‘lib, dunyoda har 100 ming aholidan 10-24 nafarida uchraydi. Bu xastalik turli yoshda, xususan, erta bolalik va keksalik davrida ham rivojlanishi mumkin.
— Tibbiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarning davolash standartlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Amerika nevrologlari akademiyasining “Miasteniyani davolash bo‘yicha xalqaro konsensus yo‘riqnomasi”da (2020 yilda yangilangan) xastalikka qarshi qo‘llash uchun “Xolinesteraza fermentining ingibitorlari” guruhiga kiruvchi vositalar qayd etilgan.
Shundan kelib chiqib, respublikada ham sohada uzoq yillik tajriba va bilimga ega olimlarning tavsiyalari asosida O‘zbekiston nevrologlari assotsiatsiyasi tomonidan ushbu guruhga mansub preparatlar miasteniyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, Agentlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi tomonidan miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan 16 turdagi (11 ta xorijiy va 5 ta mahalliy) dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ular tibbiy amaliyotda foydalanishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston nevrologlari assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu preparatlar orasida neostigmin metilsulfat (Prozerin), ipidakrin (Mediatorn) hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan galantamin gidrobromid tarkibli dori vositalari mavjud bo‘lib, davolash jarayonida ularning samaradorligi kuzatilmoqda.
Piridostigmin bromid (Kalimin N 60) O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida mavjud emas (ya’ni ro‘yxatdan o‘tmagan) va uning farmakologik ta’siri O‘zbekistonda o‘rganilmagan.