O‘zbekistonda BYD avtomobillari ishlab chiqariladi

© NewAfricaZaradka elektrokarov
Zaradka elektrokarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda BYD avtomobillari ishlab chiqariladi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda BYD elektromobil avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkiletish to‘g‘risidabitim imzolandi.
“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov ushbu voqeani sharhlar ekan, shuni alohida qayd etdi: “Dunyoda RND yangi hamkorimiz bilan taqqoslanadigan zavodlar kam. Hech shubha yo‘qki, bizda allaqachon yangi BYD texnologiyalarini o‘zlashtirish uchun mutaxassislar va iqtidorli yoshlar yetarli. Avtomobilsozlik sanoatining multiplikativ ta’sirini yodda tutish kerak: hisob-kitoblarga ko‘ra, avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7ta ish o‘rnini yaratadi. Va bu raqam yangi ish o‘rinlarini yaratishga kelganda yanada yuqoriga ko‘tariladi. UzAuto va BYD alyansi nafaqat sanoatni, balki umuman iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi bosqichi hisoblanadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, BYD uchun bu aslida chet elda ishlab chiqarishni kengaytirishning birinchi tajribasi, shuning uchun xitoyliklar sherik tanlashga juda ehtiyotkorlik bilan yondashdilar. Natijada, bir necha yillardan beri turg‘unlik hukm surayotgan jahon avtomobil bozori fonida kompaniyaning rekord darajadagi o‘sish sur’atlari tufayli tanlov UzAutoga tushdi.
Bundan bir necha kun oldin O‘zbekiston avtomobil zavodi postsovet hududining yetakchisi sifatida tan olinganligi ramziy ma’noga ega.
UzAuto uchun bunday ulkan loyihani amalga oshirish natijasi O‘zbekistonda BYD avtomobillarining to‘liq sikli (CKD: shtamplash, payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘ladi. Bundan tashqari, kelishuv shartlari mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga oladi - keyingi bosqichlarda dvigatellar, elektrodvigatellar, shuningdek avtomobil akkumukatorlari uchun batareyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashkil etiladi.
Joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida, O‘zbekistonda BYD avtomobillarining “Sinov savdosi” doirasida bozorni o‘rganish dasturi ishga tushiriladi. Ushbu bosqichni amalga oshirish uchun BYD Auto mahalliy bozor uchun avtomobillarini, shu jumladan axboriy-ko‘ngilochar tizim tilini (rus, o‘zbek) moslashtiradi.
BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo‘lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Konpaniya 30dan ziyod avtomobil va butlovchi qismlarni ishlab chaqaradigan zavodga, R&D markazlari ega bo‘lib, NEW savdosi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0