Mirziyoyev Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan cportchilarni tabrikladi

© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan cportchilarni tabrikladi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini tabrikladi.
“Dunyoning 56 ta davlatidan 4200 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqalarda milliy terma jamoamiz a’zolari ulkan mahorat, g‘ayrat va matonatini, g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilish va irodasini namoyon etib, 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari har qanday tahsinga sazovordir.
Ayniqsa, O‘zbekiston vakillari Eron, Ozarbayjon, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Turkiya Respublikasidan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallaganlari mamlakatimiz sportida yana bir yorqin sahifa bo‘ldi.
O‘zbek sportining iftixori bo‘lgan Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, Sarvarbek Zafarjonov, Tursunoy Jabborova og‘ir atletika, Olga Zabelinskaya velosport musobaqalarida uchtadan oltin medalni qo‘lga kiritgani sport tarixida kamdan-kam uchraydigan noyob hodisadir.
Bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Ulug‘bek Rashidov, Adhamjon Ergashev, Safina Sadullayeva, Diyora Keldiyorova, Sharifa Davronova va boshqa sportchilarimizning iste’dodi, mahorati va qobiliyatiga barcha sport muxlislari yana bir bor tan berdi”, - deyilgan tabrikda.
Yangiliklar lentasi
0