ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

O‘zbek razvedkachilari “ArMI-2022"ni rekord bilan boshladi - video

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy voorujennix sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa "Tropa razvedchika" v konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki" v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr "ArMI-2020"
Voyennoslujashiy voorujennix sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika v konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr ArMI-2020  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2022
Obuna bo‘lish
“Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. “ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
Birinchi bosqich davomida razvedka guruhining jangovar vazifani bajarishga tayyorgarligi, piyodalar jangovar mashinasini qiyin sharoitlarda haydash, platformaga joylash va undan chiqish, dushman hududiga o‘q-dorilarni yetkazish, gaz niqob qiyish, yaradorga birinchi yordam ko‘rsatish va jang maydonidan uni evakuatsiya qilish kabi shartlar bajarildi.
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar mazkur bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, 15 ta davlat ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hozircha musobaqa ishtirokchilarining ketma-ketligi quyidagicha:
• Rossiya — 1-o‘rin;
• O‘zbekiston — 2-o‘rin;
• Hindiston — 3-o‘rin;
• Kamerun — 4-o‘rin;
• Belarus — 5-o‘rin.
Yangiliklar lentasi
0