Turkiyadagi prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidie v Stambule
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Saylovda Rajab Tayyip Erdog‘an ham o‘z nomzodini ilgari suradi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Turkiya Respublikasida navbatdagi prezidentlik saylovlari 2023-yil 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Saylovlar 2023-yilning 18-iyunida bo‘lib o‘tadi”, - degan Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag.
Unga ko‘ra, bu amaldagi prezident Rajab Tayyip Erdog‘an ishtirok etadigan ikkinchi saylov bo‘ladi.
Erdog‘an 2014-yildan buyon Turkiya prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. U 2018-yilda mamlakat prezidentlik boshqaruviga o‘tganidan so‘ng o‘tkazilgan muddatidan oldin saylovlarda ham g‘alaba qozongan.
Turkiyada umumiy (prezident va parlament) saylovlar, mahalliy qonunlarga ko‘ra, xuddi shu kunda bo‘lib o‘tadi va dastlab 2023-yilning iyuniga belgilangan edi. Hukmron Xalq alyansi avvalroq ularning yagona nomzodi amaldagi Prezident Erdo‘g‘an bo‘lishini e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti partiyadan tuzilgan muxolifat bloki hozircha o‘z nomzodini ko‘rsatmagan.
Yangiliklar lentasi
0