Toshkentda fuqaroda kuydirgi kasalligi aniqlandimi – bayonot

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii. Arxivnoe foto
Sotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati fuqaroda kuydirgi kassaligi qayd etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkent shahrida kuydirgi kasalligiga chalinish holati qayd etilmadi. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lum qildi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yunusobod tumanida kuydirgi kasalligi aniqlandi, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Aytilishicha, 16-avgust kuni Uchtepa tumanidagi 26-sonli oilaviy poliklinikada “Kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlaridan kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.
Unda epidemiolog mutaxassis tomonidan intervyuda 2022-yil davomida Yunusobod tumanida yashovchi bir nafar fuqaroda mazkur xastalik aniqlanganiga doir tasdiqlanmagan ma’lumot berilgan.
Qayd etilishicha, 2-fevral kuni kuydirgi kasalligiga gumonlanib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda chuqurlashtirilgan laborator tekshiruvlar olib borilgan.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, fuqaroda xastalik o‘z tasdig‘ini topmagan.
Yangiliklar lentasi
0