https://oz.sputniknews.uz/20220819/toshkent-metropoliteni-rossiyadan-14-ta-yangi-poezd-sotib-oladi-27284024.html
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 14 ta yangi poyezd sotib oladi
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 14 ta yangi poyezd sotib oladi
Sputnik O‘zbekiston
Sentabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda. 19.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-19T11:32+0500
2022-08-19T11:32+0500
2023-04-05T18:39+0500
jamiyat
metro
toshkent
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/16/21024806_0:188:2000:1313_1920x0_80_0_0_f295085f4435a3c6adf29a3969de285d.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati oraliq intervalini qisqartirish maqsadida Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi. Bu haqida AOKAda Transport vazirligi, "Toshkent metropoliteni" rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.Aytilishicha, sentabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda.Platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi.Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda yo‘lovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo‘lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Metropoliten joriy yilda avtoparkni yangilash uchun Rossiyadan yana 56 ta yangi vagon sotib olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.Ayni paytda Rossiya nafaqat vagonlar yetkazib berish, balki butun Toshkent metropolitenini modernizatsiya qilishga ham yordam bermoqda.Bu bo‘yicha o‘tgan yili "Transmashxolding" hamda "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi o‘rtasida Toshkent shahrining metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq memorandum imzolangandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/16/21024806_0:0:2000:1500_1920x0_80_0_0_32161b1a9388b8e50a4ab72d25ee6e65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, metro, toshkent, rossiya
jamiyat, metro, toshkent, rossiya
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 14 ta yangi poyezd sotib oladi
11:32 19.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Sentabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati oraliq intervalini qisqartirish maqsadida Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi. Bu haqida AOKAda Transport vazirligi, "Toshkent metropoliteni" rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum
qilindi. Aytilishicha, sentabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda.
“Shunga ko‘ra, poyezdlar harakatining oraliq intervali ertalabgi tig‘iz vaqtlarda ( 07:30 dan 09:30 ga qadar) “Chilonzor” yo‘nalishida 2,5-3 daqiqa, “O‘zbekiston” yo‘nalishida 3,5-4 daqiqa, “Yunusobod” yo‘nalishida esa 5-6 daqiqa etib belgilanadi”, deyiladi xabarda.
Platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda yo‘lovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo‘lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Metropoliten joriy yilda avtoparkni yangilash uchun Rossiyadan yana 56 ta yangi vagon sotib olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Ayni paytda Rossiya nafaqat vagonlar yetkazib berish, balki butun Toshkent metropolitenini modernizatsiya qilishga ham yordam bermoqda.
Bu bo‘yicha o‘tgan yili "Transmashxolding" hamda "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi o‘rtasida Toshkent shahrining metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq memorandum
imzolangandi.