Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT ayollar erkinligini qo‘llab-quvvatlashda faol – Saida Mirziyoyeva

© Saida Mirziyoyeva, Telegram Jenskiy forum ShOS
Jenskiy forum ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Forum ayollar uchun iqtisodiy mustaqillik, maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi va kelakka ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Bugun Shanxay hamkorlik Tashkilotining xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashkilot ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda faoldir, deb yozmoqda o‘z sahifasida Saida Mirziyoyeva.
© Saida Mirziyoyeva, Telegram Jenskiy forum ShOS
Jenskiy forum ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Jenskiy forum ShOS
ShHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot almashiladi.
Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o‘sish va mustaqil rivojlanish, o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.
Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga yechim topilayotganini ko‘rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo‘lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz, - deydi Saida Mirziyoyeva.
© Saida Mirziyoyeva, Telegram Jenskiy forum ShOS
Jenskiy forum ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Jenskiy forum ShOS
Ma’lumot uchun, Toshkentda 19-avgust kuniShHT ayollar forumi ish boshladi. Forumda tashkilotga a’zo 8 ta davlat, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Hindiston va Xitoyning yetakchi xotin-qizlari esa onlayn ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari sammiti oldidan Shanxay hamkorligi tashkiloti davlatlarining xavfsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy soha yetakchilari hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Toshkentda o‘z forum va uchrashuvlarini o‘tkazishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0