"Rangli inqilob"ga urinish: Patrushev Qoraqalpog‘iston voqealariga izoh berdi

© Sputnik / Sergey Guneev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev. Arxivnoe foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi voqealar G‘arbning “rangli inqiloblar” uyushtirishga urinishlari natijasidir – Patrushev.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Bu yil Qozog‘iston va O‘zbekistonda sodir bo‘lgan favqulodda voqealar G‘arbning u yerda “rangli inqiloblar” uyushtirishga urinishlari natijasidir, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev. RIA Novosti.

“Rangli inqiloblar hamon Amerika uslubidagi demokratiyani targ‘ib qilishning asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda g‘arbliklarning ularni qo‘zg‘atishga urinishlari muntazam kuzatilmoqda. Masalan, biz 2020-yilda Belarusda, yanvarda Qozog‘istonda va iyul oyida O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni shunday baholaymiz”, — dedi Patrushev juma kuni Toshkentda ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-yillik yig‘ilishida.

Patrushevning so‘zlarini Rossiya Xavfsizlik kengashi apparati matbuot xizmati keltirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0