https://oz.sputniknews.uz/20220819/ozbekistonni-ozingiz-uchun-kashf-qiling---boshqirdiston-rahbari-27295462.html
O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf qiling - Boshqirdiston rahbari
O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf qiling - Boshqirdiston rahbari
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya o‘lkasi rahbari o‘z vatandoshlarini O‘zbekistonga sayohat qilib, bu yerning boy tarixiy obidalarini tomosha qilish, mazali meva-sabzavotlarini tatib ko‘rishga... 19.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-19T15:35+0500
2022-08-19T15:35+0500
2022-08-19T15:35+0500
turizm
o‘zbekiston
boshqirdiston
sayyohlar
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27295637_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_367652823d5edcd318d5113822fd387c.jpg
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiyaning Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov o‘z telegram kanalida O‘zbekistonning sayyohlar uchun jozibadorligi haqida post yozdi. "O‘zbekiston hayratlanarli darajada go‘zal. Bu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsa bor – Toshkentning poytaxt hayoti, sayyohlik durdonalari – Samarqand, Buxoro va Xiva, Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan, men hozir shu yerda investorlar bilan uchrashmoqdaman.Masalan, birgina Namangan viloyatining o‘zida 27 ta tarixiy va muqaddas qadamjolar mavjud. Madrasalar, masjidlar, maqbaralar...Bu yer, ayniqsa, bahor va kuzda meva-sabzavot mo‘l-ko‘l bo‘lgan davrda gullab-yashnayotgan unumdor zamin. Men Boshqirdistonlik sayyohlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf qilishlarini juda istardim.Bugun Ufadan O‘zbekistonga ikkita reys amalga oshirilmoqda. Samolyotlar yakshanba kunlari Toshkentga va chorshanba kunlari Namanganga uchadi. Agar talab bo‘lsa, biz qo‘shimcha reyslarni ham ochamiz. Darvoqe, biz o‘zbek birodarlarimiz bilan promoushn haqida kelishganimiz yo‘q. Shunchaki bu yurtning go‘zalliklari meni hayratga soldi", - deb yozadi Xabirov. Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida aloqalar izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat hamkorligida bir necha investitsion loyihalar ishga tushirilgan. Ular orasida gaz quyish shaxobchalari, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqish korxonasi va boshqalar bor. Shuningdek yog‘ochni qayta ishlash, turizm va boshqa sohalar ham bor.
o‘zbekiston
boshqirdiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27295637_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_d77673327be89c88144d9a7a167ac807.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, boshqirdiston, sayyohlar, aviaparvozlar
turizm, o‘zbekiston, boshqirdiston, sayyohlar, aviaparvozlar
O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf qiling - Boshqirdiston rahbari
Rossiya o‘lkasi rahbari o‘z vatandoshlarini O‘zbekistonga sayohat qilib, bu yerning boy tarixiy obidalarini tomosha qilish, mazali meva-sabzavotlarini tatib ko‘rishga taklif qildi.
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiyaning Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov o‘z telegram kanalida O‘zbekistonning sayyohlar uchun jozibadorligi haqida post yozdi.
"O‘zbekiston hayratlanarli darajada go‘zal. Bu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsa bor – Toshkentning poytaxt hayoti, sayyohlik durdonalari – Samarqand, Buxoro va Xiva, Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan, men hozir shu yerda investorlar bilan uchrashmoqdaman.
Masalan, birgina Namangan viloyatining o‘zida 27 ta tarixiy va muqaddas qadamjolar mavjud. Madrasalar, masjidlar, maqbaralar...
Bu yer, ayniqsa, bahor va kuzda meva-sabzavot mo‘l-ko‘l bo‘lgan davrda gullab-yashnayotgan unumdor zamin. Men Boshqirdistonlik sayyohlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf qilishlarini juda istardim.
Bugun Ufadan O‘zbekistonga ikkita reys amalga oshirilmoqda. Samolyotlar yakshanba kunlari Toshkentga va chorshanba kunlari Namanganga uchadi. Agar talab bo‘lsa, biz qo‘shimcha reyslarni ham ochamiz.
Darvoqe, biz o‘zbek birodarlarimiz bilan promoushn haqida kelishganimiz yo‘q. Shunchaki bu yurtning go‘zalliklari meni hayratga soldi", - deb yozadi Xabirov.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida aloqalar izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat hamkorligida bir necha investitsion loyihalar ishga tushirilgan. Ular orasida gaz quyish shaxobchalari, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqish korxonasi va boshqalar bor. Shuningdek yog‘ochni qayta ishlash, turizm va boshqa sohalar ham bor.