O‘zbekistonda off-road turizmi rivojlantiriladi

© MinturizmaPress-konferensiya po razvitiyu off road turizma v Uzbekistane
Press-konferensiya po razvitiyu off road turizma v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
“ShHTga a’zo davlatlar poytaxtidan Samarqandga avtosayohat” loyihasi va uning doirasida “XV xalqaro off road” festivali yakunlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. MDH davlatlari bilan hamkorlikda yo‘ltanlamas avtomobillarida sayohat qilish rivojlantiriladi. Bu haqida International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan Sputnik muxbiri xabar qildi.
Anjumanda kelgusida O‘zbekistonda djip turizmi va off-road turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oldinda turgan yangi loyihalar haqida fikr almashildi.
Xabar berilishiga ko‘ra, Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan “Pokatushki klub Uzbekistan” jamoasi tomonidan Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklar bilan hamkorlikda joriy yilning 10–20 avgust kunlari “ShHTga a’zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi va uning doirasida “XV xalqaro off road” festivali tashkil etilgan.
Turizm va madaniy meros vazirligi bo‘lim boshlig‘i Zarrina Abdullayeva aytishiga ko‘ra, ushbu tadbirning ShHT samimti oldidan tashkil qilinishi alohida ahamiyat kasb etgan.
“Hammamiz nufuzli tadbir oldida turibmiz. Vazirlik tashabbusi bilan ilk bor avtosayohat loyihasini boshladik. Bu ShHTga a’zo mamlakatlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Loyihada yo‘l tanlamas djip avtrotransportlar yo‘lga chiqishdi”, dedi Abdullayeva.
Ma’lumot uchun, Xalqaro off-road festivali – MDH davlatlaridagi djip turizm ixlosmandlari tashabbusi bilan 2006-yildan boshlab shtkazib kelinmoqda. Festival Baykal, Baykalbo‘yi, Xakassi, Oltoy tog‘lari, Janubiy Ural, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya va Belorussiya Respublikalari hududlarida jami 14 marotaba o‘tkazilgan.
© Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediyaV Samarkand pribila kolonna avtomobiley iz gosudarstv ShOS
V Samarkand pribila kolonna avtomobiley iz gosudarstv ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
V Samarkand pribila kolonna avtomobiley iz gosudarstv ShOS
O‘zbekistonda 11-avgust kuni Amirsoyda Avtosayohat loyihasi doirasida Welcome to Bostanlik milliy taomlar festivali o‘tkazildi. Bu tadbirda 800 dan ortiq turistlar ishtirok etgan edi.
Ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun ShHTga a’zo davlatlardan Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mongoliya hamda MDHga a’zo davlatlaridan Ozarbayjan, Gruziya va Armaniston Respublikalaridan 800 ga yaqin ishtirokchilar (200 ga yaqin yo‘l tanlamas avtomobillar va 10 dan ziyod mahalliy va xorijiy OAV vakillari va bloggerlar hamda 500 ga yaqin tadbir mehmonlari va tomoshabinlar) tashrif buyurgan.
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
ShHTga a’zo davlatlar ishtirokida "avtosayyohat" va “off road” festivali o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0