Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaUzbekistanskie fextovalshiki viigrali "zoloto" na Islamskix igrax
Uzbekistanskie fextovalshiki viigrali zoloto na Islamskix igrax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga 5 000 dollar miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Bu haqida 18-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, V Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga 5 000 dollar miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.
Kumush medal olgan sportchilar 3 000 dollar, bronza medal sovrindorlari esa 2 000 dollar miqdordagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlarga har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari beriladi:
oltin medal uchun – 2 500 dollar;
kumush medal uchun – 1 500 dollar;
bronza medal uchun – 1 000 dollar.
Ma’lumot uchun, Islom birdamlik o‘yinlari Turkiyaning Konya viloyatida 8-avgustdan 18-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 54 davlatdan 4200 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra O‘zbekiston sportchilari umumjamoa hisobida 158ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi o‘rinni 341ta medal bilan Turkiya, uchinchi o‘rinda 133ta medal bilan Eron jamoalari egallagan.
Yangiliklar lentasi
0