“Hammasi qishda hal bo‘ladi”. Kiyevda hokimiyat uchun kurash boshlandi
© © AP Photo / Ukrainian Presidential Press OfficeVladimir Zelenskiy
© © AP Photo / Ukrainian Presidential Press Office
Obuna bo‘lish
Ukraina muxolifati Vladimir Zelenskiyga qarshi birlashmoqda, chunki hamma uning qatag‘onaridan charchadi.
Qishda, isitish mavsumi boshlanganda, keng ko‘lamli siyosiy inqiroz yuzaga kelishi mumkin. Oqibati qanday bo‘ladi - RIA Novosti materialida
Birinchisi ketdi
Kiyev meri Vitaliy Klichko muxolifatga ketishini ma’lum qildi. Va allaqachon xorijdan yordam olayotganini xabar berdi: uning ukasi Vladimir Germaniya bilan insonparvarlik masalalarini samarali hal qilmoqda. Sobiq bokschi shaxsiy ishonch ko‘rsatkichini 63 foizga baholamoqdaa, “UDAR” partiyasida esa 31%. U pistirma payti aynan men poytaxtni qutqarganman, demoqda.
Klichkoning aytishicha, u Rossiyaning harbiy operatsiyasi haqida bilgan, shuning uchun harbiy harakatlarga tayyorlangan. Darhol aholini uzoq qarshilik ko‘rsatishga chaqirgan, Zelenskiy esa “ukrainlar may oyiga kelib bemalol kabob pishirishlari” mumkin deb va’da bergan edi.
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni rossiyaliklarning hech kimdan yashirinmasdan Belorussiyada mashg‘ulotlar o‘tkazgani, keyin esa biror qarshiliksiz Kiyevgacha yetib kelishgani hamda hukumat hech qanday chora ko‘rmaganidan g‘azablangan.
Ukraina poytaxti chekkasidagi janglar haqida gapirar ekan, Klichko Zelenskiy tayinlagan ba’zi odamlar shunchaki qochib ketishganini aytadi. Bundan tashqari, prezident Kiyevdagi harbiy ma’muriyatga o‘z odamini tayinlagan, biroq barcha masalalar bilan har doimgidek merning o‘zi shug‘ullangan. U boshqacha yo‘l tuta olmaydi, chunki uni xalq saylagan.
Bunga qaramasdan, Zelenskiy Klichkoga Madriddagi NATO sammitiga borishiga ruxsat bermagan. Prezident devoni esa u bilan faqatgina ikki marotaba aloqaga chiqqan. Bosh vazir Denis Shmigal ham unga befarq.
Biroq, Zelenskiy administratsiyasi rahbari, mahalliy va mintaqaviy Kongress raisi Andrey Yermak, barcha ukrain shaharlarini markazga bo‘ysundirishga harakat qilmoqda. O‘z navbatida Klichko, Ukraina shaharlari assosiatsiyasi rahbari sifatida o‘z-o‘zini boshqarish tizimida qolishga qattiq turib olgan.
Klichko garchi Germaniya pasporti unda bo‘lmasada, Zelenskiyning jamoasi fuqarolikni bekor qilish bilan tahdid qilgan demoqda. Bunga uning Dnepr harbiy-fuqaroviy administratsiyasi rahbari Gennadiy Korbanga hujjatlarini qaytarib berishga chaqirig‘i bahona bo‘lgan: Korban xorijga chiqqan, biroq qayta olmagan. Chunki Korban Andrey Yermakning g‘arb bergan kreditlarni noto‘g‘ri sarflagani haqida mish-mishlar tarqatgan. Prezident devoni Korbanni shunday jazolagan.
Korban- Igor Kolomoyskiyning atrofidagi eng yaqin odam. Kolomoyskiyning ham fuqarolik bo‘yicha muammolari bor. 2019-yilda OAV lar tadbirkorning Donbass, Dnepr, Zaporojye, Odessa, Xarkov va boshqa viloyatlar rahbaridan iborat “merlar partiya”si tuzish niyati borligi haqida yozgan edi. Klichkoning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi balki uning o‘sha loyihani qayta tiklash haqida o‘ylaganini bildirishi mumkin.
Poroshenkoning sarguzashtlari
Sobiq prezident parlamentdagi eng yirik muxolifat fraksiya (“Yevropa birdamligi”)ga rahbarlik qiladi. Uning AQSh va Yevroittifoq bilan katta aloqalari bor. Nazariy jihatdan u Klichko bilan kelishib olishi mumkin. Oxir-oqibat 2015-yilda ular uzoq vaqtga bo‘lmasada, ammo birlashishgan edi.
Hozircha, Poroshenkoning prezidentlik kreslosiga qaytish imkoniyatlari ko‘p emas. U hatto hech qanday muammolarsiz xorijga ham chiqa olmaydi. Yevropaga chiqa olgan taqdirida ham Zelenskiyning josuslari u haqida iloji bo‘lsa ko‘proq kompromat topishga haraqat qiladi: yo shampan shishasi bilan, bir qarasa butikda rafiqasi bilan yoki noma’lum qiz bilan suratga olishadi.
Sobiq davlat rahbarining safdoshlariga ham oson emas. Masalan, Zelenskiyning “Xalq xizmatchisi” partiyasi deputati Maryana Bezuglova Ukraina Xavfsizlik xizmatidan mamlakat rahbariyatini parchalashga urinayotgan sobiq prezident lageridagi ko‘ngillilar va siyosatchilar tarmog‘i faoliyatini tekshirishni talab qilgan. Go‘yoki barcha muvaffaqiyatlarda armiya qo‘mondonligi, mag‘lubiyatlarda esa Zelenskiyni aybdor qilib qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Qoraversa, buni Moskva manfaatlarida bajarishmoqda.
Ukraina Xavfsizlik Xizmatida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni larzaga keltirgan ulkan botoferma tugatilganini ma’lum qildi. Ukraina OAV lari buni Poroshenkoga navbatdagi hujum sifatida qabul qilishdi. Uning tarafdorlarini “poroxobotlar” deb atashgan.
Vazirlik bergan xabarga ko‘ra, qandaydir ukrain siyosiy partiyasi yolg‘on akkauntlar yordamida ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming odamlik guruhlar yaratishgan. Va guruhlarda Zelenskiy hamda Ukraina Xavfsizlik Xizmati bosh ko‘mondoni Valeriy Zalujniyni urushtirib qo‘yishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar, prezident devoni ichidagi mish-mishlar, davlat rahbari ayolini badnom qilishga qaratilgan xabarlar tarqatilgan. Siloviklarning versiyasiga ko‘ra, tarmoqning bevosita rahbari Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Shuning uchun Ukraina Xavfsizlik xizmati ba’zi ukrain siyosatchilarining “dushman” nog‘orasiga o‘ynamoqda deb ishonchi komil.
Qish yaqin
Ukraina OAV lari g‘azabda: maxsus operatsiya sharoitida Zelenskiy har qanday muxolifatni dushmanga vositachilik qilish deb taqqoslamoqda. Faqat g‘arblik xojalarigina uni keng ko‘lamli qatag‘on qilishdan tiyib turishibdi. “Hayot uchun” muxolifat platformasida esa baribir bundaylar paydo bo‘lmadi, shuning uchun uni tezda taqiqlashdi. Yetakchilaridan biri bo‘lgan Viktor Medvedchukni esa davlatga xiyonat qilishda ayblab, qamashdi. Xuddi shu ish bo‘yicha gumonlanuvchi deb hisoblanadigan Poroshenko esa ozodlikda.
Siyosatshunos Rostislav Ishenko Klichko demarshi prezident ofisining fuqarolik bo‘yicha tahdididan so‘ng qilgan demoqda.
“Zelenskiy allaqachondan buyon Kiyev rahbariyatiga o‘ziga bo‘ysunadigan odamni qo‘yish harakatida. Harbiy harakatlar tufayli Ukraina iqtisodiyoti keskin tushib ketdi. Va bu yanada ahamiyatliga aylandi. Chunki poytaxt - “soqqali” joy. Klichko himoyalanish uchun e’tiborni o‘ziga qaratishga harakat qilyapti”, - deydi ekspert.
Tahlilchilar qish kelishi bilan Ukrainada siyosiy vaziyat yomonlashishini aytishmoqda. Hukumat isitish mavsumini ta’minlab bera olmasliklarini yashirmayapti. “Tobora ko‘proq siyosatchilar oliy bosh ko‘mondon bilan aloqa qilishdan qochishmoqda. Qishga kelib vaziyat yomonlashadi. Klichko esa sovuq pechlar uchun javob bermoqchi emas, shuning uchun hammasini prezidentga ag‘darishga urinyapti”, -deydi siyosatshunos Aleksandr Dudchak.
Buning fonida norozilik kayfiyati oshadi, Zelenskiy esa hukumatni tobora o‘ziga bo‘ysundiradi. Muxolifat esa jumladan, birlashib himoyalanishga o‘tadi.
Zelenskiyning dushmanlari hujumga o‘tishadimi, davlat to‘ntarishi tashkillashtirishadimi- bu g‘arblik xojalarga bog‘liq. Dudchak tushuntirgandek, g‘arblik xojalarning roziligisiz hech kim tavakkal qila olmaydi. Chunki bunday holatda AQSh va YeI kreditlar, qurol va o‘q-dorilar bermay qo‘yishi mumkin.