Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi – O‘zgidromet

© Press-slujba AO "Toshshaxartransxizmat".Avtobus AO "Toshshaxartransxizmat"
Avtobus AO Toshshaxartransxizmat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.
Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
Bugun kunduz kuni havo harorati 32...35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi hamda ertalab harorat 12...15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27...30 daraja atrofida bo‘ladi.
Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy meyordan 3...5 darajaga pastdir.
Yangiliklar lentasi
0