https://oz.sputniknews.uz/20220819/bmt-oz-missiyasini-bajarmayapti-kirill-stremousov-27296988.html
BMT o‘z missiyasini bajarmayapti – Kirill Stremousov
BMT o‘z missiyasini bajarmayapti – Kirill Stremousov
Sputnik O‘zbekiston
BMT o‘z missiyasini bajarmayapti – Kirill Stremousov
2022-08-19T16:18+0500
2022-08-19T16:18+0500
2023-04-05T18:39+0500
ukraina
bmt
xerson viloyati
zaporojye viloyati
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/07/25092708_0:65:3413:1984_1920x0_80_0_0_257c912e8a2c7021510eefb190852967.jpg.webp
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. BMT referendum orqali Xerson viloyati aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga majbur. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ta’kidladi.BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bugun, 19-avgust kuni Odessaga tashrif buyurishi kutilmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda BMT o‘z missiyasini bajarmayapti.Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
ukraina
xerson viloyati
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/07/25092708_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_7269b898beda236b8bf24831d55a76dc.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmt o‘z missiyasini bajarmayapti – kirill stremousov
bmt o‘z missiyasini bajarmayapti – kirill stremousov
BMT o‘z missiyasini bajarmayapti – Kirill Stremousov
16:18 19.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Stremousov: Birlashgan Millatlar Tashkiloti mojarolarni to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. BMT referendum orqali Xerson viloyati aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga majbur. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov
ta’kidladi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bugun, 19-avgust kuni Odessaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti xavfsizlik va tinchlikni kafolatlash uchun yaratilgan, shuning uchun u xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga majburdir. Bu BMT Nizomida e’lon qilingan, shuningdek, xalqaro deklaratsiya va konvensiyalarda mustahkamlangan xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biridir”, dedi Stremousov RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda BMT o‘z missiyasini bajarmayapti.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti mojarolarni to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti yoki shunchaki ularni sezmayapti. Aftidan, bu kimgadir foydali”, deya ta’kidladi Stremousov.
Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.