Zaporojye AESida FV yuz bersa radiatsiya qayergacha boradi? - Rossiya MV xarita taqdim etdi
16:17 18.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey KudenkoBrifing ministerstva oboroni RF po biologicheskomu orujiyu
© Sputnik / Aleksey Kudenko
Obuna bo‘lish
AQSh ekspertlari Zaporojye AESida FV yuz bersa, buning oqibati Yevropaga ta’sir qilmaydi degan fikrlarni tarqatmoqda. Rossiya MV buni inkor qildi.
TOShKENT,18 avg - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Zaporojye AESdagi favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda buning oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi haqida jahon hamjamiyatini ogohlantirdi.
Mudofaa vazirligining radiatsion, kimoviy va biologik xavflardan himoya qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Kirillov Igor Anatolyevich aytishiga ko‘ra Ukraina Qurolli kuchlari 18-iyul sanasidan boshlab Zpaporojye AESini tizimli ravishda reaktiv va stvolli artilleriya yordamida o‘qqa tutib kelmoqda.
© Minoboroni RFKarta rasprostraneniya radiatsii v sluchae ChP na ZAES
Karta rasprostraneniya radiatsii v sluchae ChP na ZAES
© Minoboroni RF
18 avgust holatiga ko‘ra AES va Energodar shahri hudularida 50dan ortiq snarad va beshta kamikadze-dronlar kelib tushgan. Rossiya MV aniqlashiga ko‘ra zarbalar Marganes va Nikopol aholi puntlaridan berilmoqda.
Zarbalar oqibatida AES xavfsizlik tizimi hamda Energodar shahri hayotiy infratuzilmasi shikastlangan.
"Bizning xulosamizga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari va ularning G‘arbdagi kuratorlari AESda kichik falokat keltirib chiqarish niyatida. Bundan maqsad - AES atrofida 30 kilometrli kirish ta’qiqlangan hudud yaratish, xalqaro qo‘shinlarni olib kirish va Rossiyani yadroviy terrorchilikda ayblash", - deydi MV vakili.
Biz Rossiya tomoni AES hududida qurol-aslaha joylashtirmaganini tasdiqlovchi batafsil ma’lumotlarni MAGATEga taqdim etishga tayyormiz. Bundan tashqari ko‘plab harbiy va tijorat sputniklariga ega bo‘lgan AQSh ham atom elektr stansiyasini kim o‘qqa tutayotgani haqida obyektiv faktlarni jahon hamjamiyatiga taqdim etishi mumkin. Lekin ular hozircha ushbu ma’lumotlarni yashirmoqda va bu bilan Kiyev rejimining jinoyatkorona harakatlarini oqlab kelmoqda.
Xavfsizlik choralari ko‘rish o‘rniga AQSh o‘z ekspertlari xulosasini OAV orqali keng tarqatib kelmoqda. Unda ataylabdan yadroviy falokat oqibatlarini kamaytirib ko‘rsatishmoqda.
"Zaporojye AESida keng ko‘lamli falokat sodir bo‘lishi ehtimoli kam, chunki reaktor beton qoplamalari qalinligi 10 metrni tashkil qiladi. Stansiya hatto 10kmdan qulab tushgan samolyot zarbasiga ham dosh bera oladi", - deyiladi amerikalik ekspertlar xulosasida.
Shuningdek, AQSh ekspertlari "snaradlar quruq yadroviy chiqindilar saqlanuvchi omborga kelib tushsa atrofdagi 20 kmgacha masofadagi hudud, reaktor buzilgan taqdirda 30 kmgacha hudud zararlanishi mumkin. Radiatsiya Yevropa hududiga yetib borishi ehtimoli juda kam", - deyilgan.
Lekin Rossiya MV ZAESda FV yuz bersa buning oqibatlari o‘ta ayanchli bo‘lishini ta’kidlamoqda. Kirillov Yer sharida shu kunga qadar sodir bo‘lgan yirik yadroviy fojealarni misol qilib ko‘rsatdi.
Xususan, Chernobil AESida ham Yaponiyaning Fukusima AESida ham favqulodda vaziyat aynan AESning ta’minlash tizimlarining ishdan chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan. Har ikkala fojea minglab odamlar qurbon bo‘lishiga, o‘n minglab jarohatlanishiga va yuz minglab kishilar qochqinlarga aylanishiga sabab bo‘lgan.
Chernobil AESdan chiqqan radiatsiya Yevropaning 20ta davlatigacha yetib borgan. Yanga minglab odamlar radiatsiya oqibatida onkologik kasalliklarga chalingan. Fukusimada esa 500 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Ukraina qurolli kuchlari zarbalari Zaporojye AESida ham shunga o‘xshash fojealar keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, kutilmagan hodisalar vaqtida zahira dizel generatorlari yoki mobil nasoslar ishdan chiqqan taqdirda, reaktorlar qizib ketishi va portlashi mumkin. Bu Yevropaning eng yirik AESidan yadroviy zarrachalarning atmosferaga tashlanishiga olib kelishi mumkin. Yadroviy bulutlar esa yuzlab kilometrlargacha tarqalishi, Yevropa davlatlariga yetib borishi mumkin.
Ushbu texnogen fojea aholining ulkan migratsiyasini keltirib chiqaradi va bu Yevropada kutilayotgan energetik inqirozdan ko‘ra ham yomonroq oqibatlarga olib keladi. Buni bir qator ixtisoslashgan tashkilotlar ham tasdiqlashmoqda.
Undan tashqari 17-19 avgust kunlari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi doirasida UQK misli ko‘rilmagan fitna uyushtirishni rejalashtirmoqda. Ular 19-avgust kuni Zaprojye AESida texnogen falokat keltirib chiqarish, reaktorlardan birini ishdan chiqarishni rejalashtirgan.
UQK ushbu maqsadda "Dnepr" qo‘shinlar guruhining 44 brigadasini to‘liq radiatsion himoya vositalari bilan ta’minlab, AES yaqinidagi hududlarda radiatsion kuzatuv postlari o‘rnatishgan.
Bundan maqsad - Rossiya qo‘shinlarini ushbu falokatda ayblash. BMT rahbariyadi va jahon hamjamiyati oldida o‘zini obro‘yini oshirish va kerakli yordamni olish, deyiladi MV bayonotida.
Rossiya MV Radiatsion, kimoviy va biologik xavflardan himoya qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Kirillovning to‘liq bayonoti bilan quyida tanishish mumkin.